Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


ijtimoiy sohani rivojlantirishga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog’lig’ini saqlash tizimini 
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli 


14 
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport 
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; 

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, 
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga 
yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, 
O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini 
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 
Bu tartib va qoidalar korxona iqtisodiyotida o’z ifodalarini topadi va 
korxonaning faoliyatini yo’naltiradi. 
Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat sirlarining shakl va usullari. 
Korxonaning xo’jalik mexanizmi murakkab va ko’p qirrali tushunchadir. 
Хo’jalik mexnizmini o’rganish orqali korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy 
hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish yo’llarini aniqlash 
imkoniyatiga ega bo’lamiz. 
Barcha iqtisodiy fanlarning usullarini falsafiy asosi va umumiy bilish quroli 
sifatida dialektika usuli ishlatiladi. Shu bilan birga bilish jarayonining rivojlanishi 
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham topilgan. Ular qatoriga 
induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi. 
Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan kelib chiqib tabiat, jamiyat va 
tafakkurning umumiy qonunlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni 
falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurni o’rganish usuliga dialektika deb tushuniladi. 
Induksiya lotincha «inductio» so’zidan olingan bo’lib xabar olish mazmunini 
bildiradi. U fikr yuritishning bir tipi va tadqiq qilish usulidir. Umuman induksiya 
tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayrim voqelikdan 
umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy 
bilimga ega bo’lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o’rganilib, 
xulosa qilinadi. 
Deduksiya lotincha «deductio» so’zidan olinib so’zma-so’z «chiqarish» 
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir xili va tadqiq 
qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ishlatadi. Deduksiya usuli 


15 
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib 
boriladi. 
Analiz va sintez grekcha «analisys» va «sinthesis» so’zlaridan olingan bo’lib, 
analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi. 
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo’lib, umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy 
bo’limlarga (xususiylikga) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan 
yaratish jarayoniga tushuniladi. Bular ham tadqiqotni logik uslublaridandir. 
Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo’lib «Iqtisodiy 
tahlil nazariyasi», «Хo’jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan fanlarning 
mavjudligi hisoblanadi. 
Korxona iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning 
usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’p arsenalli usul va uslublarni o’z 
predmetini o’rganishda ishlatadi. Тabiiy yo’naltirilishi bo’yicha bu usul va uslublar 
iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, prognozlash, 
rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo’yicha bu usullar 
son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksperiment o’tkazish, tizimli tahlil, 
modellashtirish, estropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo’linadi. Bular bilan bir 
qatorda statistik, matematik bashorat (gipoteza) usullari keng ishlatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling