Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENT
9 Bozor iqtisodiyoti rahbarlarga va mutaxassislarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish yuritishni, minglarcha sub’ektlar va iste’molchilar bilan o’z faoliyatini muvofiqlashtirish, iqtisodiy jarayonlarni o’z manfaati va maqsadiga yo’naltirish, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo’llarini bilish talablarini qo’yadi. Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi ehtimoldan uzoq emas. Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi. Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga yo’naltirilgandir. Davlat menejmentining asl maqsadi barqaror ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir. Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O’zbek tilidagi «Iqtisod» so’zi Grekcha «Oykonomika» (ekonomika), ya’ni «Oykos» - uy, xo’jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so’zlar birlashmasidan olingan bo’lib, uy xo’jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o’rganadigan kategoriyalar 10 qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo’lgan asarlarda uchraydi (Suqrot, Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur). Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g’oyalar, xo’jalik yuritish bo’yicha fikrlar ko’pdan ko’p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Amir Тemur, Ulug’bek, Bobur kabi mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Тemur Тuzuklarini keltirish mumkin. Тemur Тuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi zamonda ham o’z faoliyatini yo’qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo’l- yo’riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to’lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Insoniyat tarixiga ko’z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi. Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g’oyasi o’sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig’i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o’z aksini topgan. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari mustahkamlanib va turg’unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan yakka ongli xo’jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo’jalik sub’ektlari o’z tashabbusi, o’z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo’jalik yurituvchilarning o’zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo’jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g’oyasi tug’ila boshlaydi. Chunki uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo’jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling