Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
Korxonaning
maqsadi Х - darajadagi foyda yoki daromad olish U - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish 28 Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: - bozorni har tamonlama o’rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo’lgan va kelajakda paydo bo’ladigan talabni aniqlash va o’z istiqbolini belgilash; - mahsulotlarni reklama qilish, o’rash, turli texnik xizmatlar ko’rsatishni tashkil etish; - mahsulot (ish, xizmat)larning yangi turlarini va modellarini yaratish nuqtai nazaridan ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish; - iste’molchilar talabiga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqishni tashkil qilish; - ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish, rejalashtirish, dasturlash va moliyalashtirish; - mahsulotlarni sotish tizimini tashkil etish va takomillashtirish; - korxona boshqaruvini takomillashtirish va boshqalar. Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (2.1-jadval). Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari 2.1-jadval Bozor sub’ektlari Sotish predmetlari Sotib oladigan predmetlari 1. Davlat Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo’shlig’i, o’simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsen- ziya, davlat tashkilot-lari va muassalarining xizmatlari Davlat va jamiyatga zarur bo’lgan tovarlar (davlat boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan- texnika yutuqlari va boshqalar 2. Korxona Тovarlar, xizmatlar, o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk Yer, tabiiy boyliklar, moddiy resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, 29 qimmatbaho qog’oz-lar va hokazolar. 3. Uy xo’jaligi Ishchi kuchi (mehnat), o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar Iste’mol tovarlari, xiz-matlar, moddiy ne’matlar Тashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga ega bo’lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo’jalik sub’ekti bo’lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib chiqadi. Korxona tushunchasining muhim tamonlaridan biri, faoliyatidagi barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona jamiyatning mustaqil xo’jalik sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. Korxona tushunchasining huquqiy maqomi mavjud bo’lib, u albatta huquqiy shaxs bo’lishi shart. Huquqiy shaxs sifatida korxonaga O’zbekiston Respublikasining “Хususiy korxona to’g’risida”gi qonunining 3-moddasida quyidagicha ta’rif berilgan: Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Хususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Хususiy korxona o’z mulkida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Хususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. 30 Хususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi. 4 “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt korxona hisoblanadi”. Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: birinchidan, faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun birinchidan, mol-mulkiga ega bo’lishi; ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish; to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish; beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi; oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish. Тashkiliy birlik- bu huquqiy shaxsning huquq sub’ekti sifatida tashqil bo’lganligini, muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo’lishini bildiradi. Huquqiy shaxsning tashqiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni ko’rsatadigan nizomi (ustavi) bo’lishi kerak. Ba’zi davlat muassasalari va davlat byudjetida bo’lgan boshqa davlat tashqilotlari, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashqilotlar ham alohida nizomga ega bo’lmay, mazkur turdagi tashqilotlar haqidagi umumiy nizom asosida ish olib borishlari mumkin. Huquqiy shaxslarning ayrim filiallari (xo’jalik bo’limlari, uchastkalari, agentliklari) ma’lum tizimga ega bo’lgan, muayyan tarzda tashqil etilgan bo’lsa ham, ular butun bir tashqilot (korxona, muassasa) ishiniig bir qisminigina bajaruvchi 4 O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni. 2003 yil 11 dekabr, 558-II-son 31 tashqilotlar bo’lishi tufayli huquqiy shaxs bo’la olmaydi. Masalan, universitetning bir fakulteti muayyan tartibda tashqil topib, ish olib borish tartibi kafedra a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, dekanning vakolatlari belgilangan bo’lsa ham huquqiy shaxs hisoblanmaydi. Mulkiy mustaqillik- fuqarolik huquqining sub’ekti bo’lishi uchun huquqiy shaxs hisoblangan har qaysi tashqilotning o’ziga xos mulki bo’lishi, har qaysi davlat tashqilotining o’ziga biriktirilgan mulki bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, huquqiy shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak (FKning 39-modda 2-bandi). Davlat tashqilotlari davlatga qarashli mulkni to’la xo’jalik yuritish yoki operativ ravishda boshqarish huquqigagina egadir, jamoa xo’jaliklari, boshqa kooperativ va jamoa tashqilotlari, ularning birlashmalari o’zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan mulkni egallaydi. Alohida mulkka ega bo’lmagan yoki mustaqil ravishda boshqara olmaydigan va sababli boshqa shaxslar bilan xo’jalik munosabatlarida bo’la olmaydigan tashqilotlar fuqarolik huquqining sub’ekti hisoblanmaydi. Mustaqil mulkiy javobgarlik - shundan iboratki, huquqiy shaxs hisoblangan tashqilot o’z majburiyatlari yuzasidai o’ziga tegishli bo’lgan (davlat tashqiloti esa, o’ziga biriktirib qo’yilgan) mulki bilan javob beradi. Huquqiy shaxs hisoblangan davlat tashqilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo’lmaydi aksincha, bu tashqilotlar ham davlat tashqilotlari majburiyati yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. Davlat byudjetida turadigan tashqilotlarning qarzini qoplash, mablag’ berish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan belgilanadi. Huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga qarashli shaxs hisoblangan tashqilotlarning qarzlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Ammo huquqiy shaxsning yuqori organi o’ziga bo’ysunadigan tashqilotlarning qarzlari uchun qonunda yoki Nizomda nazarda tutilgan hollarda javobgar bo’lishi mumkin. Quyi tashqilotlar ham o’zlarining yuqori tashqilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydilar. 32 Huquqiy shaxslar qarzlari uchun o’zlarining har qanday mulklari bilan emas, faqat O’zbekiston qonuni bilan ko’rsatilgan xaq undirib olishi mumkin bo’lgan mulki bilangina javobgar bo’ladilar. Huquqiy shaxslarning quyi va yuqori organlari vakolatlari javobgarligini o’zlari belgilagan, davlat tomonidan tasdiqlangan hujjatlarida ko’rsatib, belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxonaga quyidagicha ta’rif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling