Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik tadbirkorlik sub’ektlari
Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini
qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi. “O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi: - xususiy mulk; - shirkat (jamoa) mulki; - ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki; - aralash mulk; - boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki. Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi mumkin: - shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar; - jamoat mulkiga asoslangan korxonalar; 33 - davlat mulkiga asoslangan korxonalar; - aralash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar; - xorijiy davlatlar, chet el fuqarolari mulkiga asoslangan korxonalar. Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi; transport; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim; infratuzilma (infratuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va diniy tashkilotlar korxonalariga. Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilardir: 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma kishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan o’n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan besh kishi bo’lgan mikrofirmalar; 3) quyidagi tarmoqlardagi: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ikki yuz kishi; metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan ellik kishi; 34 fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa sohalardagi, band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi bilan yigirma besh kishi bo’lgan kichik korxonalar. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o’rtacha yillik soni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o’rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo’yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi. Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko’p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko’p bo’lgan faoliyat turi mezonlari bo’yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling