Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173
Korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan 
jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir. 
Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga 
bo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, 
savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar. Тarmoqlar esa korxonalar va 
ularni birlashmalarini o’z ichiga oladi. 
Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo’nalishdan iborat ekanligini ta’kidlash 
zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo’lsa, 
ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki bu 
maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. 


27 
2.1-chizma. Korxonaning maqsadi 
Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni 
amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik 
maqsadlarni kiritish mumkin. Тalabga va standartga javob beradigan mahsulot 
yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga 
oshirish uchun texnik maqsadlar qo’yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni 
yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini standartga moslash, ishlab 
chiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib
korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo’yiladi. 
Тabiat va jamiyatni muhofazasini ta’minlash har xil ko’rinishdagi ofatlarni 
(yonilg’i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik 
maqsadlar amalga oshiriladi. 
Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator 
vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko’rsatib o’tamiz. 
Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo’jalik 
aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik 
ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar. 
Sanoat korxonalari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini ilg’or, zamonaviy 
texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa 
sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga 
bog’liqdir. Sanoat tarmog’ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining 
kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish 
vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi 
turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling