Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
N
a.m.
=N
i.ch.z.
 + N
t.i.ch.
 + N
t.m.
 
Bu yerda; N
ichz
- ishlab chiqarish zahiralarini normalash; 
N
t.i.ch
- tugallanmagan ishlab chiqarishni normalash; 
N
t.m.
- tayyor mahsulot zahiralarini normalash. 
Sanoat korxonalarida aylanma mablag’lardan samarali foydalanishni uchta 
asosiy ko’rsatkich tavsiflaydi. 
Aylanuvchanlik koeffitsiyenti ulgurji narxlarda mahsulot sotilishi hajmini 
korxonada aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’iga bo’lish yo’li bilan 
aniqlanadi: 
𝐾
𝑎.𝑚
=
𝑅
𝑠
𝑄
𝑎.𝑚.


75 
Bu yerda; K
am
- aylanma mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti, 
aylanmalar; R
s
- sotilgan mahsulot hajmi, so’m; Q
am
- aylanma mablag’larning 
o’rtacha qoldig’i, so’m. 
Aylanuvchanlik koeffitsiyenti ma’lum davr (yil, chorak) mobaynida korxona 
aylanma mablag’larining doiraviy aylanishlari sonini ifodalaydi yoki 1 so’m 
aylanma mablag’lar hisobiga to’g’ri keladigan sotilgan mahsulot hajmini ko’rsatadi. 
Formuladan ko’rinib turibdiki, aylanma mablag’lar miqdorining ko’payishi 1 so’m 
aylanma mablag’lar hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi. 
Aylanma mablag’lar bandligi koeffitsiyentining kattaligi aylanuvchanlik 
koeffitsiyentiga teskari miqdordir. U 1 so’m sotilgan mahsulotga sarflangan 
aylanma mablag’lar miqdorini tavsiflaydi, ya’ni: 
𝐾
𝑏
=
𝑄
𝑎.𝑚
𝑅
𝑠
Bu yerda: K
b
- aylanma mablag’larning bandligi koeffitsiyenti. 
Bir aylanish davomiyligi kun hisobida - davrdagi kunlar sonini 
aylanuvchanlik koeffitsiyentiga bo’lish bilan topiladi: 
𝐴
𝑑
=
𝐷
𝑘
𝐾
𝑎.𝑚.
Bu yerda: D
k
- davrdagi kunlar soni (360, 90). 
Aylanma mablag’larning aylanish muddati qancha km yoki sotilgan 
mahsulotning o’sha hajmda aylanishlar soni qancha ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar 
shuncha kam talab qilinadi. Va aksincha aylanma mablag’lar qancha tez aylansa, 
ular shuncha samarali foydalaniladi. 
Misol. Korxonada 2017 yilda sotilgan mahsulot hajmi 600 mln. so’mni tashkil 
etdi, 2018 yilda esa 612 mln. so’mni tashkil etdi, aylanma mablag’larning o’rtacha 
yillik qoldig’i mos ravishda 120 mln. so’m va 110,5 mln. so’m;
Aylanma mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti
2017 yilda 600 : 120 =5
2018 yilda - 5,54 ni tashkil etdi.
 


76 
Bir aylanish davomiyligi:
360:5=72 kun va 360:5,54=65 kun demakdir.
 
Aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsiyenti:
120:600 = 0,2 so’m va 110,5:612 =0,18 so’m.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi samarasi ulardan 
foydalanishning yaxshilangani tufayli ularga bo’lgan talabning kamayishida
ularning bo’shatilishda namoyon bo’ladi. 
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda 
korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo’llar bilan erishiladi:
- ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira 
normalarini joriy etish;
- xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning 
iste’molchilarga yaqinlashuvi;
- moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va 
uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish;
- omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi. 
Muomala bosqichida esa mahsulot iste’molchilarini uni ishlab 
chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita 
aloqalar bo’yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot 
tayyorlash natijasida sotilgan mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga 
muvofiq jo’natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar, tranzit normasi 
bo’yicha tanlash. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling