Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
4.4. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish
vositasi sifatida Investitsiya lotincha “investire” (kiyintirish, yasantirish), nemischa “investition” so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investor - omonatchi so’zi 77 kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investorlar qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh mablag’ini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi. Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo’yicha amaliy faoliyatlar majmuasi investitsion faoliyat deb yuritiladi. Asosiy fondlarni ishga tushirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish kapital qurulish deb yuritiladi. Investitsiya - bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag’ qo’yish. U pul mablag’lari, kredit, qimmatbaho qog’oz shaklida olib boriladi va ko’chma, ko’chma bo’lmagan mol-mulkga, intellektual mulkga, ne’matlarga bo’lgan huquqga va boshqa qiymatliklarga qo’yiladi, ya’ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi. Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan moliya muassasalari orqali o’zaro aloqada bo’ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilari o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog’ozlari deb yuritiladi. Moliya bozorida qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar; depozit sertifikatlari; veksellar; varrantlar va hokazolar ham muomalada yuradi. Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini moddiy farovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi. Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko’paytirish uchun qo’yiladigan mablag’. Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga tushumlarni ko’paytirishni ta’minlaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag’larni jamg’arishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan investitsiya moliyaviy resurslarni daromad (foyda) olish uchun to’plashni ko’rsatadi. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan kapital xarajatlarni birlashishini ifodalaydi. Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi: 78 1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar uchun. 2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish. 3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy. 4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy. 5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda, sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar). 6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun. 7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan to’g’ri yoki bevosita; portfel. Тo’g’ridan to’g’ri yoki bevosita investitsiyalar - chet el kapitalini to’g’ridan- to’g’ri kiritilishini bildirib, investorga ushbu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Investitsiyani ushbu turi transkontinental (boshqa qit’a kontinentga sarmoya kiritish), kapital qo’yilmalari hamda transmilliy (qo’shni davlatlarga kapital chiqarish sifatida amalga oshiriladi) kapital qo’yilmalar sifatida namoyon bo’ladi. Portfel investitsiyalar litsenzion va franchayzing kelishuvlari, marketing xizmati haqidagi kontraktlar asosida tashkil qilinsa korxonalarni boshqarish huquqini beradi. 8. Amal qilish muddati bo’yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar mavjud. 9. Kelib chiqish hududi bo’yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar. 10. Тavvakalchilik darajasi bo’yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar. Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi bo’lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi. Annuitet asosan sug’urta va pensiya jamg’armalariga mablag’ qo’yishni anglatadi. Investitsiya muassasalariga moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalari (dillerlar), investitsiya sohasi bo’yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan 79 iborat bo’lib, ular investitsiya bo’yicha vositachilik, qimmatli qog’ozlarni chiqarishni yo’lga qo’yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo’yicha kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling