Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi 
 
Aylanma fondlarning 
guruh va elementlari 
Sano-
at 
Qora 
metallur-
giya 
Mashi-
na-
sozlik 
Ener-
geti-
ka 
Yengil 
sanoat 
Oziq-
ovqat 
sanoati 
1. Ishlab chiqarish 
zahiralari - jami 
70,2 
65,0 
55,3 
98,3 
90,0 
78,8 
J u m l a d a n : 
Хom ashyo va asosiy 
materiallar, yarim 
tayyor mahsulotlar 
46,2 
23,8 
37,5 

76,7 
52,2 
Yordamchi materiallar 
6,6 
11,0 
2,3 
24,1 
5,7 
6,1 
Yoqilg’i 
1,7 
2,0 
0,7 
37,4 
0,5 
1,6 


71 
Тa’mirlash uchun 
ehtiyot qismlar 
3,9 
11,0 
2,0 
23,0 
1,7 
2,0 
Qadoqlash va o’rov 
materiallari 
3,0 
0,5 
0,6 
0,3 
1,2 
11,3 
Jihozlarlar, xo’jalik 
asboblari va qimmat 
bo’lmagan, tez 
eskiruvchi boshqa 
buyumlar 
9,8 
16,7 
12,2 
19,5 
3,2 
5,6 
2. Тugallanmagan 
ishlab chiqarish va 
yarim tayyor 
mahsulotlar 
24,0 
18,3 
42,2 
0,5 
9,8 
19,5 
3. Kelgusi davr 
xarajatlari va boshqa 
mehnat predmetlari 
5,8 
16,7 
2,5 
1,2 
0,2 
1,7 
Jami aylanma ishlab 
chiqarish fondlari 
 
100,0 
 
100,0 
 
100,0 
 
100,0 
 
100,0 
 
100,0 
4.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari 
Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo’lib, bu 
jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. 
Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning 
ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni “pul – tovar” (P-Т) munosabatlari ro’y 
beradi. 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o’z 
ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o’rinda aylanma fodlar 
tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar 
shaklini oladi (Т). 


72 
Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga 
kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (Т

-P

). 
Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o’tib, to’liq aylanishni 
amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 
1-bosqich - pul-tovar (P-Т); 
2-bosqich - ishlab chiqarish (i/ch); 
3-bosqich - tovar-pul (Т

-P’). 
Shuni qayd qilib o’tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir 
vaqtning o’zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, 
tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko’rinishida 
mavjud bo’lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir 
iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko’zda tutishi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish 
qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki 
samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. 
 
4.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari 
Aylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash - sanoat 
korxonalarining muhim vazifalaridan biridir. Хom ashyo, yonilg’i, yordamchi 
materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini 
ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini 
ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi. 
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va sanoat korxonalari ishini tahlil 
qilish uchun har bir sanoat tarmog’ida moddiy resurslardan samarali foydalanish 
darajasining turli xil ko’rsatkichlari ishlatiladi. Ular ishlab chiqarishda moddiy 
resurslardan foydalanish shart-sharoitlarini to’liq aks ettiradi va ishlab chiqarish 
iste’molining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Хom ashyoga birlamchi ishlov 
beradigan tarmoqlarda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi: 


73 
- boshlang’ich xom ashyoda foydali modda miqdori (rudada oltin, lavlagida 
shakar miqdori va hokazo); 
- boshlang’ich xom ashyodagi foydali moddadan foydalanish darajasi va xom 
ashyoga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan yo’qotishlar foizi; 
- yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish. U yaroqli mahsulot hajmini 
boshlang’ich xom ashyo hajmiga bo’lish bilan, shuningdek foizlarda (natijani 100 
ga ko’paytirish kerak) hisoblanadi. 
Yaroqli mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichi uning yakuniy miqdorini 
baholashda xizmat qiladi. Masalan, rudadan 20% mis olindi, lekin bu rejadagi ishlab 
chiqarish 100% ekanligini bildirmaydi. Misni rejadagi ishlab chiqarish 23% bo’lishi 
mumkin, bu rudada misning haqiqiy miqdorini ifodalaydi. 
Qora metallurgiyada po’lat eritishda temirdan foydalanish balans usuli bilan 
hisoblanadi. Тemir balansining kirim qismida xom ashyo xarajatining elementlari va 
miqdorlari ko’rsatiladi (turli xil ruda, lam, strujka). Хarajat qismida olingan 
mahsulot, yo’qotishlar va chiqindilarning turlari va miqdorlari aniqlanadi (turli xil 
chuyan, shlak, ugar va hokazo). Po’lat eritish bo’yicha temir balanslari va prokat 
ishlab chiqarish bo’yicha metall balanslari ham shunday hisoblanadi. Bu balanslar 
sarf-xarajat koeffitsiyentlarini aniqlash imkonini beradi. Bu koeffitsiyentlar 
sarflangan materiallar og’irligining yaroqli mahsulot tonnasiga nisbatini ifodalaydi. 
Mashinasozlik tarmoqlarida aylanma fondlarning asosiy elementi - metalldan 
foydalanish darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlari qo’llaniladi. 
Mashina va mexanizmlarni yasash bosqichida mashinaning nisbiy metall 
sig’imi ko’rsatkichi (mashinaning nisbiy og’irligi) O
n
hisoblanadi. 
𝑂
𝑛
=
𝑅
𝑠.𝑜.
𝑀
𝑞𝑢𝑣.
Bu yerda: R
s.o.
- sof og’irlik, u metall detallar va mashina qismlari 
og’irligining yig’indisiga teng, t, kg; 
M
quv
– mashinadan asosiy foydalanish tavsifi birligining miqdori (traktor 
quvvati - ot kuchi; avtomobilning yuk ko’taruvchanligi - t). 


74 
Kimyo sanoatida aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini 
hisoblaganda o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Kimyo sanoati tarmoqlarida, 
(shuningdek moddalarga kimyoviy yo’l bilan ishlov beradigan ishlab chiqarishlarda) 
ko’p hollarda “mahsulot sof og’irligi” tushunchasi yo’q. Bu tarmoqlarda kimyoviy 
texnologiya xususiyatlari sababli ko’pincha boshlang’ich xom ashyolardan hech biri 
tayyor mahsulot tarkibiga o’zining asl ko’rinishida kirmaydi. Shu sababli kimyoviy 
jarayonga yoki ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga materiallar xarajati 
tasdiqlangan texnologiyaga (retsepturaga) muvofiq belgilanadi va nazariy deb 
ataladi. Materiallarning nazariy xarajatiga chiqindilar va qaytarilmaydigan 
yuqotishlar kirmaydi. 
Kimyo sanoatida materiallardan foydalanish ko’rsatkichi bo’lib muayyan 
kimyo mahsuloti birligini ishlab chiqarishga yoki kimyoviy jarayonga materiallar 
nazariy xarajatining iste’mol qilinadigan materiallarning haqiqiy sarfiga nisbati 
hisoblanadi. Haqiqiy xarajat nazariy xarajatdan kimyoviy jarayonlarda vujudga 
keladigan yo’qotishlar kattaligiga ko’pdir. Haqiqiy va nazariy xarajatlar o’rtasidagi 
farq qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik taraqqiy bo’ladi. 
Aylanma mablag’larni normalash N
am
quyidagicha ifodalanadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling