Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g m e x n a t r e s u r s l a r i v a m e h n a t h a q i Darsning maqsadi
- 5.1. Mehnat resurslari va ularning tarkibi haqida tushuncha
N
e t (Initial investment) – boshlang‘ich investitsiya xarajatlari ( Pul mablag'lari Xom-ashyo va materiallar zaxirasi Tayyor mahsulot zahirasi Debitorlik qarzlari Ishlab chiqarish korxonasining aylanma aktivlari 88 5 - m a v z u . S a n o a t t a r m o q l a r i k o r x o n a l a r i n i n g m e x n a t r e s u r s l a r i v a m e h n a t h a q i Darsning maqsadi: Talabalarda mehnat resurslari va ularning tarkibi haqidagi tushunchalarni, mehnat resurslarini boshqarish usullari, korxonada mehnatga haq to’lash shaklllari kabilarni asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 5.1. Mehnat resurslari va ularning tarkibi haqida tushuncha Bozor iqtisodiyoti sharoitida, erkin raqobat va aholining turmush farovonligini ta'minlashda, zamonaviy korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda xodimlarni samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi eng avvalo iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashni taqozo etadi. Bu vazifalarni hal etish uchun yurtimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalq qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanish muammosiga e'tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan tuganmas qobiliyatlardan foydalanish va bu qobiliyatlar orqali korxona va tashkilotlarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish ahamiyatlidir. “Hamma narsani kadrlar hal qiladi” qoidasi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi kunlarda ham o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Zamonaviy korxonalar faoliyatida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatiga ega. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarish vositalarini foydalanishga kiritadilar. Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, 89 korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi bo’ladi. Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalarini, garchi ular o’rtasida katta farq bo’lmasada va kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo’llansada, ularni bir-biridan farqlash lozim. Salohiyat (potensial) tushunchasining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib (potentia), imkoniyat, kuch-quvvat, yashirish imkoniyat ma’nosini anglatadi. Lug’at va qo’llanmalarda u mavjud va harakatga keltirilishi, ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun foydalanish mumkin bo’lgan vosita, zahira, manba deb ko’rsatilgan. Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbiy ko’nikmalari, korxonaning u yoki bu bo’g’inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi. Kadrlar salohiyati jamiyat mehnat salohiyatining tarkibiy qismidir. Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ishchi kuchini tavsiflaydi. Korxona personali doimiy va yollanib ishlovchi, malakali va malakasiz barcha xodimlardan iborat bo’lgan shaxsiy tarkibni izohlaydi. Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o’z qiymatidan ortiq bo’lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asoiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi, xo’jalik yuritish iqtisodiyoti ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. Korxonada kadrlar ishchi, xizmatchi, mutaxassis va rahbarlarga bo’linadi. Rahbarlarga afzallikni berish lozim. Тadqiqotlar va amaliyot tajribalari shuni 90 ko’rsatadiki, korxona faoliyatining samaradorligi 70-80 % ga korxona rahbariga bog’liq bo’ladi. Korxonalarda ishchi kuchi va umuman kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va hokazolar. Ayniqsa mehnat uchun ijtimoiy sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Kadrlarning qo’nimsizlik koeffitsiyenti (K q ) korxonadagi joriy davr mobaynida ishdan ketgan va haydalgan xodimlar sonini (R mk ) ro’yxat bo’yicha jami xodimlarning o’rtacha soniga (R) bo’lish yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling