Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- v = V/Т; t = Т/V
K
q = (R mk /R) 100 (%) . 5.2. Mehnat resurslarini boshqarish Korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi bilan ifodalanadi. Mehnat unumdorligi korxona faoliyatining natijaviy ko’rsatkichlaridan bo’lib, ular faoliyatning salbiy va ijobiy tomonlarini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda mehnat sarfi samaradorligini ifodalaydi va vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori sifatida yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan mehnat sarfi sifatida aniqlanadi. Mehnat unumdorligi darajasi ikkita ko’rsatkich bilan xarakterlanadi: vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish (bevosita ko’rsatkich); mahsulot yaratishning mehnat sig’imi (teskari ko’rsatkich). Bu ko’rsatkichlar quyidagi formulalar bilan ifodalanadi: v = V/Т; t = Т/V, Bunda: v - vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish; t - mahsulot yaratishning mehnat sig’imi; V - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, so’m.; Т - mahsulot ishlab chiqarishga ketgan jonli mehnat sarfi, so’m. Mehnat unumdorligini oshirish manbalarini quyidagi yo’nalishlarini keltirish mumkin: 1. Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish: 91 ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; yangi uskunalarni tadbiq etish; yangi texnologik jarayonlarni tadbiq etish; mahsulotlarning konstruktiv xususiyatlarini oshirish; xom-ashyo va yangi konstruktiv materiallarning sifatini oshirish; 2. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash: xizmat ko’rsatish me’yori va hududini oshirish; me’yorlarni bajarmaydigan xodimlar soni kamaytirish; boshqaruv strukturasini soddalashtirish; hisob-kitob ishlarini mexanizatsiyalash; ish vaqtini o’zgartirish; ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini oshirish; 3. Тashqi tabiiy sharoitlarni o’zgartirish: xom ashyolarni yaratish, yer osti boyliklarini qazib olishni shart-sharoitlari; foydali qazilmalarni saqlashni o’zgartirish; 4. Ishlab chiqarishdagi tuzilmaviy o’zgarishlar: mahsulotlar alohida turlarining hissasini o’zgartirish; ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imini o’zgartirish - eng qulay darajasini aniqlash; sotib olingan yarim fabrikatlar va komplektlaydigan mahsulotlar hissasini o’zgartirish; yangi mahsulotlar hissasini o’zgartirish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling