294
Fanga oid iboralar lug’ati
Avtokratik rahbar –
buyruq berish, qabul qilishda o’zini jamoadan uzoq tutadi,
hammani o’z istaklariga bo’ysundirish istagidagi rahbar.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat
predmetlari (xom ashyo, materiallar, o’rov
materiallari, tahmirlash uchun ehtiyot
qismlar va h.k). Ular har bir ishlab chiqarish siklida to’liq sarflanadi hamda
korxonaning aylanma mablag’lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma mablag’lar – ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish,
tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o’zlashtirish
xarajatlari, kelgusi davr
xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag’larining pul shaklida ifodalanishi.
Aktsiya – aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi -
aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish
huquqini beruvchi qimmatbaho qog’oz.
Aktsiyadorlik jamiyati – aksiyalar chiqarish yo’li bilan tashkil topgan korxona turi
bo’lib, uning aksiyalari birja fondlarida kotirovka qilinadi va bir kishidan ikkinchi
kishiga bemalol o’tishi mumkin. Aksionerning javobgarligi faqat aksiya sotib
olishga ketgan pul bilan chegaralanadi.
Aktsiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali bo’lib,
uning
hajmi Nizomda belgilab beriladi. U qarzga olingan mablag’lar va aksiya chiqarish
hisobiga shakllantiriladi.
Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatining asta-sekinlik bilan ishlab chiqariluvchi
mahsulot yoki xizmatlarga o’tkazilishi; mablag’larning maqsadli ravishda
jamg’arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning o’rnini qoplashga
ishlatilishi.
Amortizatsiya fondi - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda takror ishlab
chiqarishga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Anhanaviy qarorlar – odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi
mehnat vositalari (binolar,
inshootlar, qurilma va asbob-uskunalar, tranosport
295
vositalari va h.k). Ular uzoq muddat xizmat ko’rsatib, ishlab chiqarish jarayonida
o’zining natural shaklini saqlab qoladi hamda o’z qiymatini eskirishi mobaynida
asta-sekinlik bilan tayyor mahsulotga o’tkazadi, kapital qo’yilmalar hisobiga
to’ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: