Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvning ilmiy maktabi
- Boshqaruvning insoniy munosabatlar maktabi
- Boshqaruvning mumtoz yoki mahmuriy maktabi
Boshqaruv funktsiyasi – zamonaviy menejment funksiyalari: rejalashtirish, tashkil
qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, motivlash, marketing va b. Boshqaruvning zamonaviy menejment maktabi (XX asrning 60-80 yy.) - Garb boshqaruv taraqqiyotining zamonaviy bosqichi deb qaraladi va u boshqaruvga 4 yondashuvni ajratib ko’rsatai: tizimli, vaziyatli, jarayonli (vazifaviy) va sonli. Maktab namoyondalari – V. Leonthev, D.Kornegi va b. Boshqaruvning ilmiy maktabi (1885-1920 yy.) – bu maktab asoschilari (F. Teylor, G.Emerson, L.Gilbret va G.Gant) qo’l mehnatining samarali bajarilishiga erishish uchun ko’pgina jarayonlarni takomillashtirish, mukammallashtirish mumkin, deb hisoblaganlar. Amerikalik muhandis F. Teylor “ilmiy boshqaruv” iborasini asoslab bergan va 3 asosiy jihati bo’lgan “teylor tizimini”ni tavsiya etgan: mehnatni oqilona tashkil etish; tashkilotni rasmiy tuzumini tashkil etish; boshqaruvchi va ishchini hamkorligi borasidagi chora-tadbirlarni belgilash. Boshqaruvning insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950 yy.) - mualliflari (M.P. Follett, Elton Meyo, A.Maslou) boshqaruvda insoniy munosabatlarga asosiy ehtiborni qaratishni tavsiya etishib, asosan quyidagilarni nazarda tutdganlar: boshliqlarning samarali harakati, ishchilar bilan kengashlar o’tkazish va ularga mehnat jarayonida muloqot qilishlari uchun kengroq imkoniyatlar berish. Ular fikricha, ish va ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun unchalik ahamiyatga ega emas, balki uning (ishchining) ishlab chiqarishdagi, obro’-ehtibori va ijtimoiy o’rni asosiy o’rinda turmog’i kerak. Boshqaruvning mumtoz yoki mahmuriy maktabi (1920-1950 yy.) - maqsadi boshqaruvning universal tamoyillarini yaratish hisoblangan menejment maktabi. Uning asoschisi yirik ko’mir kompaniyasi rahbari fransuz Anri Fayol bo’lib, ana shu 14 tamoyillarga amal qilinsa, tashkilot albatta muvaffaqiyatga erishadi, degan g’oyani ilgari surgan va boshqaruvning pastki pog’onasida samaradorlikni oshirishga katta e’tibor qaratgan. 297 Veksel - belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel oluvchiga) uni (vekselni) beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini beradigan qimmatbaho qog’oz turi, Venchur firma – ilmiy-texnik ishlanmalar tijorati bilan shug’ullanuvchi firma; yangi texnologiyalar va mahsulotlarni, daromadlarni avvaldan belgilamagan holda, ishlab chiqish va qo’llash bilan tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi orqali shug’ullanadigan firma. Guruh – bir qancha kishilarning maqsadli ijtimoiy tashkillashuvi. Masalan, talabalarning akademik guruhi, rok-guruh va h.k. Juda ko’p ijtimoiy o’zaro aloqalar imkoniyatlari tufayli guruhlar o’zagi shakllanadi. Albatta, tashkilot va uning bo’linmalari ham guruh hisoblanadi. Guruh a’zolari o’z hatti-harakatlari mehyori bilan bog’langan masalalardagi miqdor va kutilishlarni o’rnatish asosida shakllanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling