Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet158/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173
Boshqaruv funktsiyasi – zamonaviy menejment funksiyalari: rejalashtirish, tashkil 
qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, motivlash, marketing va b. 
Boshqaruvning zamonaviy menejment maktabi (XX asrning 60-80 yy.) - Garb 
boshqaruv taraqqiyotining zamonaviy bosqichi deb qaraladi va u boshqaruvga 4 
yondashuvni ajratib ko’rsatai: tizimli, vaziyatli, jarayonli (vazifaviy) va sonli. 
Maktab namoyondalari – V. Leonthev, D.Kornegi va b. 
Boshqaruvning ilmiy maktabi (1885-1920 yy.) – bu maktab asoschilari (F. Teylor, 
G.Emerson, L.Gilbret va G.Gant) qo’l mehnatining samarali bajarilishiga erishish 
uchun ko’pgina jarayonlarni takomillashtirish, mukammallashtirish mumkin, deb 
hisoblaganlar. Amerikalik muhandis F. Teylor “ilmiy boshqaruv” iborasini asoslab 
bergan va 3 asosiy jihati bo’lgan “teylor tizimini”ni tavsiya etgan: mehnatni oqilona 
tashkil etish; tashkilotni rasmiy tuzumini tashkil etish; boshqaruvchi va ishchini 
hamkorligi borasidagi chora-tadbirlarni belgilash. 
Boshqaruvning insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950 yy.) - mualliflari 
(M.P. Follett, Elton Meyo, A.Maslou) boshqaruvda insoniy munosabatlarga asosiy 
ehtiborni qaratishni tavsiya etishib, asosan quyidagilarni nazarda tutdganlar: 
boshliqlarning samarali harakati, ishchilar bilan kengashlar o’tkazish va ularga 
mehnat jarayonida muloqot qilishlari uchun kengroq imkoniyatlar berish. Ular 
fikricha, ish va ishlab chiqarish jarayoni ishchi uchun unchalik ahamiyatga ega 
emas, balki uning (ishchining) ishlab chiqarishdagi, obro’-ehtibori va ijtimoiy o’rni 
asosiy o’rinda turmog’i kerak. 
Boshqaruvning mumtoz yoki mahmuriy maktabi (1920-1950 yy.) - maqsadi 
boshqaruvning universal tamoyillarini yaratish hisoblangan menejment maktabi. 
Uning asoschisi yirik ko’mir kompaniyasi rahbari fransuz Anri Fayol bo’lib, ana shu 
14 tamoyillarga amal qilinsa, tashkilot albatta muvaffaqiyatga erishadi, degan 
g’oyani ilgari surgan va boshqaruvning pastki pog’onasida samaradorlikni 
oshirishga katta e’tibor qaratgan. 


297 
Veksel - belgilangan tartibda yozma shakldagi qarz majburiyati, o’z egasiga (veksel 
oluvchiga) uni (vekselni) beruvchidan ko’rsatilgan pul miqdorini belgilangan 
muddatda gap-so’zsiz to’lanishini talab qilish huquqini beradigan qimmatbaho 
qog’oz turi, 
Venchur firma – ilmiy-texnik ishlanmalar tijorati bilan shug’ullanuvchi firma; 
yangi texnologiyalar va mahsulotlarni, daromadlarni avvaldan belgilamagan holda, 
ishlab chiqish va qo’llash bilan tavakkalchilikka asoslangan kapital qo’yilmasi 
orqali shug’ullanadigan firma. 
Guruh – bir qancha kishilarning maqsadli ijtimoiy tashkillashuvi. Masalan, 
talabalarning akademik guruhi, rok-guruh va h.k. Juda ko’p ijtimoiy o’zaro aloqalar 
imkoniyatlari tufayli guruhlar o’zagi shakllanadi. Albatta, tashkilot va uning 
bo’linmalari ham guruh hisoblanadi. Guruh a’zolari o’z hatti-harakatlari mehyori 
bilan bog’langan masalalardagi miqdor va kutilishlarni o’rnatish asosida 
shakllanadi.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling