304
Nazorat sferasi – tashkiliy tizimning muhim miqyosiy tomonlari biri:
agarda bir
rahbarga juda ko’p miqdordagi xodimlar bo’ysinsa, natijada bir tekis boshqaruv
tizimini beruvchi keng
nazorat sferasi vujudga keladi; agarda nazorat sferasi tor
bo’lsa, ayniqsa har bir rahbarga kam xodimlar bo’ysinsa, bu holda ko’p darajali tizim
paydo bo’ladi; korxonada ko’p darajali tizim asosida qo’yilgan o’lchovga qaraganda
tekis tizimli katta korxonalar kam darajadagi boshqaruvga ega bo’lishadi.
Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning
qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona
xususiyati,
faoliyat turlari, tartib-qoidalari, a’zolari o’rtasidagi
munosabatlar va
hokazolarni o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.
Operatsion dastak - yalpi marjaning foydaga bo’lgan nisbati orqali ishlatilgan
mablag’ni samarali ishlatilish darajasini anglatadi.
Operatsion tizim - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyatining to’liq
tizimi. U 3 quyi tizimdan iborat: qayta ishlash; tahminlash; rejalashtirish va nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: