Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet162/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   173
Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni 
qayta 
tiklash, 
kengaytirish, 
texnik 
jihatdan 
qayta 
qurollantirish 
va 
zamonaviylashtirish yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni. 
Kapital sig’imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab 
chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini milliy daromad, sof daromad, 
foydaga nisbatan tavsiflovchi ko’rsatkich. 
Qaror – to’xtam, bitim, bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab 
olish, u yoki bu yo’lni tanlab olish, bir fikrga kelish. 
Qaror qabul qilish –korxona yoki tashkilot rahbarining o’z vakolati va omilkorligi 
doirasida maqsadga erishish yo’lining muqobilni tanlash jarayoni. 
Kartel – bir soha firmalarining bir-birlari bilan birgalikdagi tijorat faoliyati haqida 
kelishuvi orqali uyushishi. 
Kibernetika – murakkab dinamik tizimlarni maqsadli va optimal (maqbul) 
boshqaruv to’g’risidagi fan yoki soha. 
Qimmatli qog’ozlar bozori aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho 
qog’ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozori. 
Qobiliyat - kishiga xos daraja, xislat (masalan, mehnat, aqliy va b. qobiliyat). 
Kombinatsiyalash – bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir 
nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan 
birlashtirishda ifodalanuvchi ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri. 
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali 
asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi. 
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga 
o’tishi. 
Konglomerat diversifikatsiyasi – korxonaning o’z asosiy faoliyatiga bog’liq 
bo’lmagan biznesga kirishishi. 
Konsensus – qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha masalalar va turli tuman 
fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish. 


301 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling