Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   173
Investitsion siyosat – kapital qo’yilmalarning eng ustivor yo’nalishlarini tanlash, 
sarflangan har bir so’mga mahsulot (ish, xizmat) o’sishi va milliy daromadning eng 
yuqori ko’rsatkichlariga erishish siyosati. 
Investitsiya – daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq 
muddatga qo’yish. 
Investitsiyalash - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va 
mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni 
o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq 
muddatli mablag’lar kiritilishi. 
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli 
sarmoya kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat. 
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat 
xizmatlari ko’rsatilishi. 
Innovatsion menejment - yangi mahsulot, yangi usul, yangi bozor, yangi texnika, 
texnologiyani ishlab chiqarishga keng joriy etishni boshqarish. 
Innovatsiya – inglizcha “innvation” o’zbek tilida “yangiliklarni qo’llash” manosini 
anglatadi va jamiyat rivojlanishi bilan o’zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini 
qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini 
majmuasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi 


299 
texnologiya, yangi bozorni joriy etishni nazarda tutadi. 
Infratuzilma - sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga 
xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik tarmoqlari majmuasi. U transport, aloqa, savdo, 
moddiy-texnik tahminot, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash tuzilmalarini o’z ichiga oladi. 
Ishbilarmon – o’z g’oyasini, mablag’ini, nufuzini hayotga tadbiq etish uchun 
tavakkal qiluvchi va daromad olish uchun faoliyat yurituvchi mulkdor. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling