Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   173
Diversifikatsiya – korxona faoliyatining yangi tarmoqlar va mahsulot (ish, xizmat) 
turi hisobiga kengayishi. 
Dividend - aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi, har yili soliqlarni to’lash, 
ishlab chiqarishni kengaytirish, zahiralarni to’ldirish, obligatsiyalar bo’yicha foizlar 
to’lash va direktorlarni mukofotlashdan so’ng aksiyadorlar o’rtasida 
taqsimlanadigan qismi. 
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlar 
(amortizatsiya, ijara to’lovi va h.k). 
Jismoniy eskirish – mehnat vositalarining foydalanish va tabiiy ta’sir ostida moddiy 
jihatdan yemirilishi. Ularning mahnaviy eskirishi ularning to’liq jismoniy 
eskirishdan oldindanroq, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqoriroq va tejamkor 
bo’lgan yangi mashina va qurilmalar paydo bo’lishi tufayli yuz beradi. 
Zahiralarni boshqarish - tovar ishlab chiqaradigan operatsion tizimlarda va 
xizmat ko’rsatish operatsiyalarida ma’lum miqdorda zahiralar mavjudligini 
boshqarish jarayoni. Zahiralarning 3 turi bo’ladi: ehtiyot qism va materiallar 
zahirasi; tugallanmagan mahsulotlar zahirasi; tayyor mahsulot zahirasi. 


298 
Ijara - mulkni ma’lum bir haq to’lash evaziga, vaqtinchalik foydalanishga berish 
to’g’risidagi shartnoma asosida yollash. 
Ijtimoiy-ruhiy usul – asosiy maqsadi jamoalarda sog’lom ijtimoiy-ruhiy muhitni 
yaratishga qaratilgan boshqaruv usuli. 
Iqtisodiy kibernetika – iqtisodiyotda boshqaruv jarayonlarni o’rganish usullarining 
majmuasi, jumladan iqtisodiy-matematik uslublar majmuasi. 
Iqtisodiy usul – boshqaruvda iqtisodiy manfaatlardan (masalan, foyda, soliq, foiz 
kabilardan) foydalanish usuli. 
Ilmiy-texnik salohiyat– mamlakatdagi fan-texnika va muhandislik ishlarining 
rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini hal qilish uchun mavjud 
resurs va imkoniyatlarining umumiy holati. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling