Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet165/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173
Mahsulot sifati – masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini 
qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali (istehmol) xususiyatlari majmui. 
Mahsulot sifatini boshqarish –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni 
istehmol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, tahminlash va qo’llab-quvvatlash 
maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar. 
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi – sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan 
resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma. 


303 
Mahsulotning material sig’imi xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy 
resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari.
Mahsulotning mehnat sig’imi – mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari 
bo’lgan kattalik, yaani moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning 
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati. 
Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik 
takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi 
ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi. 
Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotiy davrining 5 bosqichi - yaratish, 
ishlab chiqarish, bozorga chiqarish, o’sish va bozorning to’yinishi, mahnaviy 
eskirishi - jarayonining almashinish muddati. 
Menejer - malakali boshqaruvchi. 
Menejment – malakali boshqaruv to’g’risidagi fan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxonaning tashqi va ichki muhitini hisobga olgan holda uni samarali 
moslashuvchan boshqaruchilik sohasi. 
Menejment funksiyasi – menejment vazifasi (“funksiya” lotincha so’z bo’lib, biror 
kishining faoliyat doirasi, vazifasi mahnosini bildiradi). 
Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim 
moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling