Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet169/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Texnologiya – xom ashyoni (resurslarni) o’zgartirish vositasi. 
Tizim – bu bir necha o’zaro bog’liqlikdagi elementlar yaxlitligi bolib, har bir 
element tizimini maqsad sari harakatiga o’z hissasini qo’shadi va ko’mak beradi. 
Tizimlar nazariyasi – XX asrning 50-yillarida boshqaruvga qo’llanilagan nazariya.
Tizimli yondashuv – rahbarning boshqaruv sub’yekti sifatida korxonani (boshqaruv 
obhektini) tizim tarzida boshqaruv tarzi. 
Trest - turli korxonalar birga qo’shilib, tashkil etilgan yirik birlashma.
Tuzilma – soha, tarmoq, korxona yoki xo’jalik, buyum tarkibiy qismlarining o’zaro 
bog’liq ravishda joylashuvi, tuzilishi. 
Uskunalarni zamonaviylashtirish – harakatdagi uskunalar konstruktsiyasiga
uning texnik darajasini oshiruvchi hamda texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarini 
yaxshilovchi sezilarli o’zgartirishlar kiritish.  
Uslub – bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul tadbiqi. 
Ustama xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiluvchi, ishlab 
chiqarish va korxona boshqaruviga xo’jalik xizmati ko’rsatishga oid bo’lgan 
qo’shimcha xarajatlari. 
Usul – bu tadqiq qilish yoki tahsir ko’rsatis vositasi, boshqarish funktsiyalarini 
amalga oshirish uchun boshqaruv obhektiga tahsir o’tkazish tarzi. 
O’zgaruvchan xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish hajmiga proporsional bog’liq 
bo’lgan (xom ashyo, elektroenergiya, transport va h.k) xarajatlar.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi, mehnat 


307 
predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning uzluksiz, innovatsion 
rivojlanish jarayoni. 
Firma - huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lib, tovar ishlab chiqarish va sotishni bir 
umumiy boshqaruv (va umumiy firma nomi) ostida birlashtiruvchi, korxona yoki 
turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar majmuasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling