Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173
Mehnat shartnomasi – tadbirkor (ish beruvchi) va ishga kiruvchi shaxs (xodim, 
ishlovchi) o’rtasidagi kelishuv hujjati. Unda xodimning mehnat vazifasi, ish joyi, 
lavozimi, oylik ish haqi, ishlash vaqti va hokazolar belgilab beriladi. 
Moddiy javobgarlik – korxona va tashkilot, ayrim mansabdor shaxs zimmasiga 
xo’jalik faoliyatining natijalari uchun yuklatilgan mahsuliyat. 
Moliyaviy menejment – korxona mablag’laridan samarali foydalanish, kredit olish 
va boshqa moliyaviy munosabatlarini boshqarish. 
Moliyaviy hisobot – turli xil hisobotlar birlashmasi bo’lib, ular korxonaning 
moliyaviy o’rni va faoliyati, hamda uning moliyaviy tuzilishida o’zgarishlarni qulay 
va tushunarli holda, ularga ma’lum ish masalasini hal qilish uchun tuzilgan hujjatlar. 


304 
Nazorat sferasi – tashkiliy tizimning muhim miqyosiy tomonlari biri: agarda bir 
rahbarga juda ko’p miqdordagi xodimlar bo’ysinsa, natijada bir tekis boshqaruv 
tizimini beruvchi keng nazorat sferasi vujudga keladi; agarda nazorat sferasi tor 
bo’lsa, ayniqsa har bir rahbarga kam xodimlar bo’ysinsa, bu holda ko’p darajali tizim 
paydo bo’ladi; korxonada ko’p darajali tizim asosida qo’yilgan o’lchovga qaraganda 
tekis tizimli katta korxonalar kam darajadagi boshqaruvga ega bo’lishadi.
Nizom (ustav) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi, korxona 
xususiyati, faoliyat turlari, tartib-qoidalari, a’zolari o’rtasidagi munosabatlar va 
hokazolarni o’z ichiga oluvchi rasmiy hujjat. 
Operatsion dastak - yalpi marjaning foydaga bo’lgan nisbati orqali ishlatilgan 
mablag’ni samarali ishlatilish darajasini anglatadi. 
Operatsion tizim - tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyatining to’liq 
tizimi. U 3 quyi tizimdan iborat: qayta ishlash; tahminlash; rejalashtirish va nazorat. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling