Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejer
Mahsulot sifati – masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini
qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali (istehmol) xususiyatlari majmui. Mahsulot sifatini boshqarish –mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni istehmol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, tahminlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi – sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan resurslar, jarayonlar va javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma. 303 Mahsulotning material sig’imi – xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Mahsulotning mehnat sig’imi – mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik, yaani moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati. Mahsulotning texnik darajasi – baholanayotgan mahsulotning texnik takomillashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi. Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotiy davrining 5 bosqichi - yaratish, ishlab chiqarish, bozorga chiqarish, o’sish va bozorning to’yinishi, mahnaviy eskirishi - jarayonining almashinish muddati. Menejer - malakali boshqaruvchi. Menejment – malakali boshqaruv to’g’risidagi fan, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning tashqi va ichki muhitini hisobga olgan holda uni samarali moslashuvchan boshqaruchilik sohasi. Menejment funksiyasi – menejment vazifasi (“funksiya” lotincha so’z bo’lib, biror kishining faoliyat doirasi, vazifasi mahnosini bildiradi). Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling