Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Konsentrik diversifikatsiya
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Konsentrik diversifikatsiya – korxonani o’z joriy faoliyati bilan bog’liq biznesga
kirishishi. Bu orqali faoliyat sotib olish yoki o’xshash tovarlar chiqaruvchi firmalar ustidan nazorat o’rnatish evaziga kengaytiriladi. Konsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo’shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi. Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish. Korxonaning optimal (maqbul) hajmi – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) bo’yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o’z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi hajmi (miqyosi). Korxonaning tijorat siri – korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog’liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, davlat sirlariga aloqasi bo’lmagan ma’lumotlari. Lizing - mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchida saqlangan holda, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishga asoslangan holda investitsiyalarni moliyalashtirish shakli; mashina, uskuna va transport vositalarining o’rta va uzoq muddatli ijarasi. Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi. Maqsad - bu muddao, murod, yahni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu, niyat. Masalan, korxonaning bo’lajak harakatlarni oldindan aniqlash, pirovard natijani baholash va h.k. Marketing – bozor holatini asosli o’rganish va oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab chiqish va sotishni tashkil etish hamda bozor iqtisodiyotining muhim unsuri. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling