Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Marketing menejmenti – bozordagi talab-taklifni o’rganish, mahsulotni xaridorga
yetkazish, qadoqlash, reklama kabi jarayonlarni boshqarish. 302 Mashuliyati cheklangan jamiyat – kapitallar birlashishining shakli bo’lib, jamiyat qatnashchilari faqat qo’ygan mablag’i bilan jamiyat majburiyatlarida javobgarlik olib boradilar. Materiallardan foydalanish koeffitsienti – xom ashyo va materiallarning oqilona tarzda sarflanishini tavsiflovchi ko’rsatkich bo’lib, u tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi materiallarning ishlov berilgan materiallarning umumiy hajmiga nisbatini ifodalaydi. Matritsali tuzilma – boshqaruv tarzi “matritsa” qabilida bog’langan tuzilma. U ancha murakab bo’lib, mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko’radigan va tez–tez o’zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo’llanadi. Mahsulot (xizmat) attestatsiyasi – mahsulot (ish, xizmat) sifatining texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlarini obhektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari – mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat o’lchovi. Mahsulot rentabelligi – mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga nisbati sifatida (foizlarda) aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi. Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro mehyorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo’lmagan, mahsulotning xalqaro standart mehyorlariga mos kelishini nazorat qilish vositasi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling