Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet157/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173
Assortiment – korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi. 
Auditor xizmati – korxona moliyaviy holatini tekshiradi va mavjud kamchiliklarini 
izohlab beradigan moliyaviy xizmat turi. 
Axborot – menejment uchun zaruriy xabar va ma’lumotlar majmui. 
Axborot resurslari – boshqaruv faoliyatida foydalanadigan axborotlar. 
Axborot tizimi – murakkab axborot tuzilmasi bo’lib, ushbu tuzilma turli hujjatlar, 
axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv 
tizimlarini qamrab oladi. 
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlari tengligini tarkiban ifodalovchi, 
taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi. 
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha 
turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori. 
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni 
mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha.
Bashorat qilish - kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan turli hodisa va jarayonlarni 
statistik, ijtimoiy, iqtisodiy va b. turdagi tadqiqotlar yordamida ilmiy asoslangan 
holda avvaldan aytib berish, prognozlash. 
Biznes – faoliyat turi, ish, tijorat amaliyoti yoki korxonaning siyosati, savdo, tijorat. 
Biznes-reja – korxonaning biznes faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va 
daromadlar hisobini o’z ichiga oluvchi, korxona faoliyatining muayyan 
maqsadlariga erishish uchun marketing tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladigan 
muayyan chora-tadbirlar rejasi.  
Boshqarish uslubi – boshqaruv jarayonida kelib chiqadgan muammolarni hal qilish 
usullarini qo’llash tartibi. 


296 
Boshqaruv tuzilmasi – bir biri bilan bog’liq holda boshqaruv maqsadlarini amalga 
oshiruvchi va uning funktsiyalarini bajaruvchi turli boshqaruv organlari va 
bo’g’inlarining majmui. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling