Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar  o’rtasidagi farq


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Foyda – korxona faoliyatining yakuniy moliyaiy natijasi; pul tushumi va xarajatlar 
o’rtasidagi farq. 
Fond qaytimi – asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so’miga to’g’ri keluvchi 
mahsulot (xizmat, ish) miqdori. 
Fond sig’imi –fond qaytimiga teskari bo’lgan nisbat bo’lib, asosiy ishlab chiqarish 
fondlari o’rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida 
hisoblanadi. 
Fondlar bilan tahminlanganlik – asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan 
tahminlanganlik ko’rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish fondlarining korxonaning har 
bir xodimiga to’g’ri keluvchi miqdori). 
Franchayzing – vositachilik orqali o’zaro foydali shartnomaviy hamkorlik 
munosabatlarga asoslangan yirik va kichik tadbirkorlikning aralash shakli. 
Funksional tuzilma - rahbarlar va bo’g’inlarni har xil vazifalarda, aniq 
bo’linmalardagi boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan boshqaruv 
tuzilmasi. 
Xolding kompaniyasi - o’z kapitalidan boshqa kompaniyalarni boshqarish, ularga 
rahbarlik qilish va dividend olish maqsadida ularning aksiyalarini sotib olish orqali 
foyda ko’ruvchi aksiyadorlik kompaniyasi. 
Xususiylashtirish – davlat mulkini boshqa mulkchilik shakllariga, jumladan
jamoa, aksiyadorlik va xususiy mulkka o’tkazishda mulkchilik munosabatlarining 
o’zgarish jarayoni. 
Chiziqli (pog’onali) tuzilma – boshqaruv tuzilmasining eng sodda turi bo’lib, 
bunda boshqaruvning barcha vazifa-topshiriqlari korxona rahbari orqali to’g’ridan-
to’g’ri va pog’onama-pog’ona (daraxtsimon tarzda) tarqaladi. 


308 
Ehtiyoj biror narsaga kamchilik sezishning jismoniy yoki ruhiy ichki ahvoli. 
Bazisli ehtiyojlar jismoniy (fiziologik) ehtiyojlar bilan bog’liq bo’lib, oziq-ovqatga, 
ichimlikka, issiqlikka bo’lgan ehtiyojlar kiradi. Ruhiy ehtiyojlarga jamiyat yoki 
guruh odamlari uchun tegishli bo’lgan mahnaviy-mahrifiy ehtiyojlar kiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling