Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Investitsion loyihalarni baholash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
4.6. Investitsion loyihalarni baholash
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi. Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti (K s ) milliy daromadning o’sish miqdorini ( MD) kapital qo’yilmalar summasiga (K k ) nisbatan aniqlanadi, ya’ni: 81 𝐾 𝑠 = MD 𝐾 𝑘 Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsiyenti (K ks ) quyidagicha hisoblanadi. 𝐾 𝑘𝑠 = 𝑀𝑘−𝑇 𝐾 yoki 𝐹 𝐾 Bu yerda: M k - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; Т - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; F - yillik foydaning miqdori. Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi. Ya’ni: Т i + Ye n K min Bu yerda: Т i - i varinatdagi xarajatlar; Ye n - kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti; K - kapital qo’yilmalar summasi. Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsiyentlar bo’yicha aniqlanadi, ya’ni: 𝐵 = 1 (1 + 𝐸 𝑛 ) 𝑡 Bu yerda: Ye n - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi; t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan vaqt. Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon amaliyotidan shu ma’lumki pulni banklarda saqlash eng qulay hisoblanadi, chunki omonatchi undan foiz oladi. Pulni investitsiya qilish (ishlab chiqarishga qo’yish yoki qimmatbaho qog’ozlar sotib olish) investorga faqatgina unga bank tamonidan beriladigan 82 foizdan ko’proq daromad keltirsagina foydaliroq bo’ladi. Bu investorlar uchun birinchi qoida bo’lib hisoblanadi. Investorlarning ikkinchi qoidasi - investitsiya rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lishi kerak. Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Investitsiya loyihasini baholashda xarajatlar va daromadlarini har xil davrga solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Chunki xarajatlar biron davrda ishlatiladi, daromad esa nafaqat biron davrdan keyin, u asosan xarajatlar amalga oshirgandan keyin kela boshlaydi. Shu sababli davriy pul qiymati degan tushuncha ishlatiladi. Ushbu ko’rsatkich oldin olingan 1 so’m keyin olingan 1 so’mdan qimmatroq turishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiy va moliyaviy tahlilda so’mning joriy va kelajakdagi qiymatini hisoblaydi, tahlil qiladi. Bunday hisob-kitoblar diskonlashtirish deb yuritiladi. Diskontlashtirish investitsiya yoki pul oqimlarini kelgusidagi qiymatining joriy bahoda ifodalanishi tushuniladi. Diskontlashtirish murakkab foiz hisoblashning teskari jarayonidir. Murakkab foyiz usuli orqali investitsiyaning kelajak qiymati (I k.q. ) quyidagicha aniqalanadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling