Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari 100,0 100,0 100,0
- 1-bosqich
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi
Aylanma fondlarning guruh va elementlari Sano- at Qora metallur- giya Mashi- na- sozlik Ener- geti- ka Yengil sanoat Oziq- ovqat sanoati 1. Ishlab chiqarish zahiralari - jami 70,2 65,0 55,3 98,3 90,0 78,8 J u m l a d a n : Хom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar 46,2 23,8 37,5 - 76,7 52,2 Yordamchi materiallar 6,6 11,0 2,3 24,1 5,7 6,1 Yoqilg’i 1,7 2,0 0,7 37,4 0,5 1,6 71 Тa’mirlash uchun ehtiyot qismlar 3,9 11,0 2,0 23,0 1,7 2,0 Qadoqlash va o’rov materiallari 3,0 0,5 0,6 0,3 1,2 11,3 Jihozlarlar, xo’jalik asboblari va qimmat bo’lmagan, tez eskiruvchi boshqa buyumlar 9,8 16,7 12,2 19,5 3,2 5,6 2. Тugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar 24,0 18,3 42,2 0,5 9,8 19,5 3. Kelgusi davr xarajatlari va boshqa mehnat predmetlari 5,8 16,7 2,5 1,2 0,2 1,7 Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 4.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari Aylanma mablag’larning to’liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo’lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Birinchi bosqichda aylanma mablag’lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni “pul – tovar” (P-Т) munosabatlari ro’y beradi. Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag’lar va birinchi o’rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (Т). 72 Uchinchi bosqichda aylanma mablag’lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (Т ’ -P ’ ). Shu tariqa aylanma mablag’lar barcha bosqichlardan o’tib, to’liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 1-bosqich - pul-tovar (P-Т); 2-bosqich - ishlab chiqarish (i/ch); 3-bosqich - tovar-pul (Т ’ -P’). Shuni qayd qilib o’tish muhimki, korxonaning aylanma mablag’lari bir vaqtning o’zida uchala bosqichda ham pul mablag’lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko’rinishida mavjud bo’lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag’lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko’zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag’lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag’larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. 4.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari Aylanma fondlardan foydalanishni har tomonlama yaxshilash - sanoat korxonalarining muhim vazifalaridan biridir. Хom ashyo, yonilg’i, yordamchi materiallardan qanchalik yaxshi foydalanilsa, mahsulotning ma’lum miqdorini ishlab chiqarish uchun ular shunchalik kam sarflanadi. Bu orqali sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati vujudga keladi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va sanoat korxonalari ishini tahlil qilish uchun har bir sanoat tarmog’ida moddiy resurslardan samarali foydalanish darajasining turli xil ko’rsatkichlari ishlatiladi. Ular ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish shart-sharoitlarini to’liq aks ettiradi va ishlab chiqarish iste’molining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Хom ashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi: 73 - boshlang’ich xom ashyoda foydali modda miqdori (rudada oltin, lavlagida shakar miqdori va hokazo); - boshlang’ich xom ashyodagi foydali moddadan foydalanish darajasi va xom ashyoga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan yo’qotishlar foizi; - yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish. U yaroqli mahsulot hajmini boshlang’ich xom ashyo hajmiga bo’lish bilan, shuningdek foizlarda (natijani 100 ga ko’paytirish kerak) hisoblanadi. Yaroqli mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichi uning yakuniy miqdorini baholashda xizmat qiladi. Masalan, rudadan 20% mis olindi, lekin bu rejadagi ishlab chiqarish 100% ekanligini bildirmaydi. Misni rejadagi ishlab chiqarish 23% bo’lishi mumkin, bu rudada misning haqiqiy miqdorini ifodalaydi. Qora metallurgiyada po’lat eritishda temirdan foydalanish balans usuli bilan hisoblanadi. Тemir balansining kirim qismida xom ashyo xarajatining elementlari va miqdorlari ko’rsatiladi (turli xil ruda, lam, strujka). Хarajat qismida olingan mahsulot, yo’qotishlar va chiqindilarning turlari va miqdorlari aniqlanadi (turli xil chuyan, shlak, ugar va hokazo). Po’lat eritish bo’yicha temir balanslari va prokat ishlab chiqarish bo’yicha metall balanslari ham shunday hisoblanadi. Bu balanslar sarf-xarajat koeffitsiyentlarini aniqlash imkonini beradi. Bu koeffitsiyentlar sarflangan materiallar og’irligining yaroqli mahsulot tonnasiga nisbatini ifodalaydi. Mashinasozlik tarmoqlarida aylanma fondlarning asosiy elementi - metalldan foydalanish darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Mashina va mexanizmlarni yasash bosqichida mashinaning nisbiy metall sig’imi ko’rsatkichi (mashinaning nisbiy og’irligi) O n hisoblanadi. 𝑂 𝑛 = 𝑅 𝑠.𝑜. 𝑀 𝑞𝑢𝑣. Bu yerda: R s.o. - sof og’irlik, u metall detallar va mashina qismlari og’irligining yig’indisiga teng, t, kg; M quv – mashinadan asosiy foydalanish tavsifi birligining miqdori (traktor quvvati - ot kuchi; avtomobilning yuk ko’taruvchanligi - t). 74 Kimyo sanoatida aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini hisoblaganda o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Kimyo sanoati tarmoqlarida, (shuningdek moddalarga kimyoviy yo’l bilan ishlov beradigan ishlab chiqarishlarda) ko’p hollarda “mahsulot sof og’irligi” tushunchasi yo’q. Bu tarmoqlarda kimyoviy texnologiya xususiyatlari sababli ko’pincha boshlang’ich xom ashyolardan hech biri tayyor mahsulot tarkibiga o’zining asl ko’rinishida kirmaydi. Shu sababli kimyoviy jarayonga yoki ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga materiallar xarajati tasdiqlangan texnologiyaga (retsepturaga) muvofiq belgilanadi va nazariy deb ataladi. Materiallarning nazariy xarajatiga chiqindilar va qaytarilmaydigan yuqotishlar kirmaydi. Kimyo sanoatida materiallardan foydalanish ko’rsatkichi bo’lib muayyan kimyo mahsuloti birligini ishlab chiqarishga yoki kimyoviy jarayonga materiallar nazariy xarajatining iste’mol qilinadigan materiallarning haqiqiy sarfiga nisbati hisoblanadi. Haqiqiy xarajat nazariy xarajatdan kimyoviy jarayonlarda vujudga keladigan yo’qotishlar kattaligiga ko’pdir. Haqiqiy va nazariy xarajatlar o’rtasidagi farq qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik taraqqiy bo’ladi. Aylanma mablag’larni normalash N am quyidagicha ifodalanadi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling