Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


buyumli (agregatli) kooperativlashish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   173
buyumli (agregatli) kooperativlashish-mashina va asbob-uskunalar ishlab 
chiqaruvchi bosh korxonada turli (elektradvigatellar, nasoslar, generatorlar va 
boshqa) buyumlarni yetkazib beruvchi korxonalarning faoliyatlarini ifodalaydi.

texnologik kooperativlashish-bir korxona ikkinchisiga ma’lum 
yarimfabrikatlar yoki alohida jarayonlar yirik qurilmalar, bolg’alovchi qismlarni, 
to’qimachilik korxonalari uchun ip yetkazib berishni bajarishini ifodalaydi. 
Kooperativlashning bu turlari ishlab chiqarishni ixtisoslashning iqtisodiy 
afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. Kooperativlashish darajasi turli 
ko’rsatkichlarda ifodalanadi.

texnologik kooperativlashtirish bosh korxonada ishlab chiqarilgach yarim 
tayyor mahsulotlar bilan ta’minlab turish demakdir.
Ishlab chiqarish korxonalarini ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning 
samardorligini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

asosiy fondlar birligiga to’g’ri keluvchi mahsulot miqdori;

mehnat unumdorligining o’sishi;

mahsulotning tannarxi;

mahsulot birligiga sarflanadigan kapital mablag’larning kamayishi;

aylanma mablag’larni ishlab chiqarishdagi aylanish tezligi;

mahsulotni iste’molchilarga yetkazish bo’yicha xarajatlarning kamayishi;

mahsulot sifatining yaxshilanishi;
Ixtisoslashtirish 
va 
kooperativlashtirishning 
samaradorligini 
umumlashtiruvchi ko’rsatkich – sanoat ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishgacha 
hamda 
kooperativlashtirishgacha 
qilingan 
xarajatlar 
miqdorini 
ixtisoslashtirilgandan so’ng kamayishidir. Mahsulot tannarxining kamayishini 
hisoblashda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishdan oldin 


112 
hamda keyin materiallarni, yarimfabrikatlarni va tayyor mahsulotlarni tashish, 
ayniqsa, xarajatlarining o’zgarish miqdoriga e’tibor beriladi.
Korxonalarni kooperatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxida butlovchi materiallar, yarim 
fabrikatlar ulushi;

Ushbu korxona qoshida kooperatsiyalashgan korxonalar soni;

Тashqariga tayyorlanayotgan mahsulotlar umumiy hajmida yarim 
fabrikatlar ulushi;

Kooperatsiyalashuv darajasi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling