Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173
 
 
 


124 
7.3. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari 
Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol 
o’ynaydi va qo’yidagi vazifaviy bosqichlarni hal etishni taqozo etadi (7.1-chizma).
Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi 
va vazifalari 
Biznes-rejaning umumiy 
xulosasi, asosiy parametrlari va 
ko’rsatkichlari 
Harakat dasturi va tashkiliy 
chora-tadbirlari 
Тadbirkorning iste’molchiga 
taqdim qilayotgan mahsulot, 
tovar va xizmatlarning tasnifi 
Bitimning resurslar 
ta’minoti 
Bozor kon’yukturasi, talab va 
sotuv hajmining tahlili 
Bitimning samaradorligi 
 
7.1-rasm. Тadbirkorlik faoliyati biznes-rejasining talablari. 
 
7.4. Biznes-reja tarkibi va hisob-kitoblari 
Biznes-rejaning 
tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan. 
Mutaxassislarning fikricha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir. Ushbu 
biznes-rejaning tarkibiy bo’limlarini batafsil ko’rib chiqamiz. 
Birinchi bo’lim. Biznes-rejada «Тadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» 
markaziy o’rinni egallaydi. 
Тadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan 
bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ ishlatishni va shu mablag’ qancha foyda 
keltirishini hisob-kitob qilib chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt 


125 
omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga 
qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday 
bo’lishligini hisob-kitob qilib chiqish lozim. 
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan 
tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, 
tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va 
boshqalar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling