Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bo’lim.
Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va
ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-rejaning asosiy g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayot-gan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning bir-biridan farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llari va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf- xarajat-lar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi. Umumlashgan natijaning ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajali-ligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati). Uchinchi bo’lim. «Тadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo’lgan 126 talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling