Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173
Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik 
loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan resurslar turi va hajmi, resurslarni olish 
manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi. 
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim 
tayyor mahsulotlar, xom ashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); 
mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital qo’yilmalar, 
kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-texnik axborot). 
Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning 
yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy 
tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik 
ko’rsatkichlari ustuvor mavqega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy 
samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu 
bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Ko’p adabiyotlarda quyidagi bыlimlarni o’z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif 
qilinadi: 
1. Тanlangan biznes konsepsiyasi. 
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar). 
3. Тashkil qilinayotgan korxona, uning mahsulot yoki xizmatlari tavsifnomasi. 
4. Boshqaruv (menedjment). 
5. Bozor tadqiqoti va tahlili. 
6. Marketing rejasi. 
7. Ishlab chiqarish rejasi. 
8. Тavakkalchilikni baholash. 
9. Moliyaviy reja. 


128 
10. Biznes-loyiha samaradorligi. 
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larni qo’yilishi haqidagi 
qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Ular 
quyidagilardan iborat
- sof joriy qiymat; 
- rentabellik; 
- samaradorlikning ichki koeffitsiyenti; 
- kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri; 
- pulning maksimal sarf-xarajati; 
- zararsizlik me’yorlari. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling