Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sir saqlash haqida kelishuv.
- 3. Rezyume.
1. Тitul varag’i.
Firma nomi va manzili; tadbirkor haqida ma’lulotlar (FISh, manzili va telefoni). Hozirda ko’plab firmalarda sayt mavjud, uni ham ko’rsatish zarur. Keyin – elektron manzil (e-mail), kompaniya egalari ham ko’rsatiladi. (rekvizitlar va nomlanishi), bitta gapda loyihaning mohiyati bayon qilinadi va loyihani bajaruvchilar keltirilib, loyiha tuzilgan sana ham ko’rsatiladi. 2. Sir saqlash haqida kelishuv. Sir saqlash haqida kelishuv biznes reja bilan tanishadigan kishilarni unda bayon qilingan ma’lumotlarni sir saqlash haqida ogohlantirish maqsadida tuziladi. Kelishuvda biznes reja bilan tanishayotgan shaxs muallifning roziligisiz rejada mavjud bo’lgan ma’lumotlarni hech kimga bildirmaslik bo’yicha majburiyatni bo’yniga olishi va bunga kafolat berishi haqidaga eslatmalar bo’lishi 130 mumkin. Shuningdek, biznes reja yoki uning ayrim qismlaridan har qanday maqsadlarda nusxa ko’chirish yoki uni uchinchi shaxslarga berish ta’qiqlanganligi haqida ham aytilishi mumkin. Hamda kelishuvda biznes reja sarmoyadorni sarmoya ob’ekti sifatida qiziqtirmagan holda uni muallifga qaytarish to’g’risidagi talab ham bo’lishi mumkin. 3. Rezyume. Biznes-reja rezyumesi rahbarlar, yozma murojaatlar, reklama e’lonlari uchun yoziladi. Ushbu bo’lim potensial sarmoyador yoki loyiha hamta’sischilarini qiziqtirishga mo’ljallangan. Aynan shu bo’limdan potensial sarmoyadorlar eng birinchi taassurot oladilar va ko’pincha ana shu ilk taassurot asosida loyihaning taqdiri belgilanadi. Biznes-reja potensial sarmoyadorlarga mo’ljallangan bo’lib, odatda ularning qo’lidan ko’plab biznes g’oyalar o’tadi. Ular sizning loyihangizning mohiyati va samaradorligi nimadan iborat ekanligini, uni amalga oshirishga qancha mablug’ zarurligi va moliya manbalarini bilishga qiziqadilar. Ularni qiziqtiring. Ushbu bo’limda tezis shaklda butun biznes reja, korxonaning mohiyati va maqsadi ochilgan holda bayon qilinadi. Unga asos qilib, ishlab chiqilgan biznes reja barcha bo’limlarida keltirilgan ma’lumotlar olinishi mumkin. Rezyume tarkibi quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi: - Loyihaning qisqacha tavsifi, uning maqsadi va vazifalari, ta’minlash manbalari; - Amalga oshirish mexanizmlari; - Mahsulot yoki xizmatlarning noyobligi va raqobatbardoshligi; - Zarur tashqi moliyalash hajmi; - Sotuv va daromad hajmlari prognozlari; - Sarmoyadorlarga qarzlarni qaytarish. Rezyumega qo’yilgan asosiy talab – bayonning tushunarli va lo’nda bo’lishi, maxsus iboralarning iloji boricha kam ishlatilishidan iborat. Hajmi bir betdan oshmasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling