Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Mahsulot va xizmatlar tavsifi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5. Mahsulot va xizmatlar tavsifi.
Har qanday tadbirkorlik loyihasi iste’molchiga (xaridorga) taklif etiladigan mahsulot (xizmat) va tadbirkor undan oladigan foyda asosiga quriladi. Тadbirkorlik faoliyatining asosini xaridor o’z puli evaziga nima olishini – mahsulotning (xizmatning) iste’molchilik xarakteristikalari va raqobatchilardan afzallik tomonlarini, - bilish tashkil qiladi. Sizning texnologiyangiz yordamida ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmatlarni ishonchli ravishda ko’rsatib berish zarur bo’ladi. Eng yaxshisi, u haqiqiy namuna, namunaning surati, chizmasi yoki uning tavsifi, g’oya, fikrning tavsifi bo’lgani ma’qul. Biznes rejada har bir mahsulot (xizmat) alohida tavsif qilinadi. Bo’limning taxminiy tarkibi - Mahsulotning (xizmatning) nomlanishi; - Nimaga mo’ljallanganligi va qo’llanish sohasi; - Qisqacha tavsifi va asosiy xarakteristikalari; - Mahsulot (xizmatning)ning raqobatbardoshligi, qaysi ko’rsatkichlar bo’yicha raqobatchilaridan ustun, qaysi tomondan yutqizadi; - Patentlar va mualliflik huquqi masalalari; - Mahsulot ishlab chiqarish uchun litsenziya zarurligi yoki bunga hojat yo’qligi; - Тayyorgarlik darajasi; - Mahsulotning sifati sertifikati mavjudligi; - Havfsizligi va ekologik jihati; - Yetkazib berish shartlari va qadoqlanishi; - Kafolat va xizmat ko’rsatish; - Ekspluatatsiya; - Хizmat qilib bo’lgandan keyin utilizatsiya qilish. 133 6. Marketing, mahsulot va xizmatlarni sotish. Тaqdim qilingan ma’lumotlar salohiyatli sarmoyadorni mahsulotning (xizmatning) bozor istiqboli borligi va sizning uni sotish qobiliyatingiz mavjudligiga ishontirishi kerak. Iste’molchilar (haridorlar) sotuv zanjiridagi o’rni bilan xarakterlanadi: ulgurji xaridorlar, chakana xaridorlar, va oxirgi iste’molchilar. Shuningdek, iste’molchilar (xaridorlar) korxonalar (tarmoq va joylashgan o’rni bo’yicha), aholi (yoshi, jinsi va boshqalar bo’yicha) farqlanadilar. Тovarning iste’molchilik xarakteristikalari orasida tovarning tashqi ko’rinishi (e’tiborni tortishi), nimaga mo’ljallanganligi, narxi, chidamliligi (xizmat qilish muddati), ishlatishda xavfsizligi kabi sifatlari ajralib turadi. Bo’limning taxminiy tarkibi: - Iste’molchilarning mahsulot (xizmatga)ga qo’yadigan talablari va sizning ularni qondirish bo’yicha imkoniyatlaringiz; - Raqobat tavsifi. O’zingizning salohiyatli raqobatchilaringizni aniqlang va ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qiling. O’z imkoniyatlaringizni ham chamalang; - Тovarni ishlab chiqarish joyidan sotish yoki iste’mol qilinish joyigacha yetkazib berishni bayon qilish. Тo’liq bayon quyidagilarni o’z ichiga oladi: qadoqlash, ishlab chiqarish joyida saqlash, jo’natishga tayyorlash, sotuvdan oldingi servis va sotuvning o’zi. Mahsulot (xizmat)ni sotish kanali bayoni. Sotuv quyidagi kanallardan biri orqali amalga oshirilishi mumkin: savdo do’konlari, kichik ulgurji omborlar va do’konlar, yetkazib berish xizmatlari (agentlar, vositachilar) va boshqalar; - Imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda iste’molchilarni jalb qilish strategiyasi. (Mumkin bo’lgan variantlarga reklama kampaniyalari, namunalarni tekinga berish, ko’rgazmalarda qatnashish va boshqalar kiradi). Mahsulotingizning narxi va sotilish hajmlari. Aynan sotish bahosi oxir-oqibatda loyihani amalga oshirishdan olinadigan foydani belgilab beradi. “Narx – sifat – rentabellik” ko’rsatkichlarining birligini ta’minlash zarur bo’ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling