Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti
Download 29.25 Kb.
|
Buxgalteriya Jack
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-19IQ guruh talabasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Navoiy davlat konchilik institutikimyo-metallurgiya fakultetiIqtisodiyot va menejment kafedrasi25-19IQ guruh talabasiSamandarov Javlonbekning Buxgalteriya hisobi fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Xo’jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja: 1.Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi. 2.Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi. 3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob. Javoblar Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi. Buxgalteriya hisobi schyotlari - mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda nazorat qilish usulidir. Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi "Debet" (D-t), o‘ng qismi "Kredit" (K-T) deb ataladi. "Debet" va "Kredit" so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. "Debet" so‘zi lotincha bo‘lib "u qarzdor", "Credit" so‘zi esa "ishondi" degan ma'noni bildiradi. Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma'lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma'lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba'zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarni kredit oborot deb ataladi. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling