Navoiy davlat konchilik va texnalogiya universiteti energomexanika fakulteti
Dinamik zvenolar va ARS ning tuzilish sxemalari
Download 0.5 Mb.
|
avtomatik 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rostlagichlar va ularning tulari
Dinamik zvenolar va ARS ning tuzilish sxemalari
ARS ning denamik bo‟g‟inlari. ARS ning tuzilish sxemalari va ekvivalent almashtirish usullari. Kuchaytiruvchi, integrallovchi, differensiallovchi, aperodik va kechiktiruvchi zvenolar, ularning tenglamalari, uzatish funksiyalari.Turg’unlik va ARS ning ish sifati ARS dagi o‟tish jarayonlari. O‟tish jarayonlarining turlari. Turg‟unlik turlari. Turg‟unlik tushunchalari. Turg‟unlikni aniqlash usullari: algebraik, Gauss-Gurvits, Mixaylov va Naykvist usullari. O‟tish jarayonlarining sifat ko‟rsatkichlari. Rostlagichlar va ularning tulari Rostlagichlar haqida tushuncha. Ularning turlari. Bevosita va bilvosita ishlovchi rostlagichlar.Uzlikli va uzliksiz rostlash. Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan rostlagichlar. Dori tayyorlash texnologiyasida rostlagichlarning qo‟llanilishi. Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash Avtomatlashtirishning loyihalash elementlari va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish Umumiy ma‟lumot. Loyihalash bosqichlari. Avtomatlashtirishning texnologik sxemasi. Funktsional sxemaning tuzilishi. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalarining ierarxik tuzilishi. Avtomatikboshqarishsistemalarini(ABS) hozirgipaytdaasosanikkiturgabo‟lishmumkin. Birinchitursistemalarigaboshqaruvchivaboshqariluvchiqismlaro‟zaroketma-ketbog‟langanvabir-birigaochiqzanjirbo‟yichata‟sirko‟rsatadiganABSlarikiradi. OchiqzanjirliABSlardaishlabchiqarishjarayonlario‟tadiganob‟ektlariningishgatushishivaishlashi, to‟хtashima‟lumvaqtoralig‟idaoldindanberilgandasturlargamuvofiqo‟tadi. Ob‟ektdagiteхnologikoperatorlarningbajarilishidagiketma-ketlikvaqtbo‟yichayokioldindano‟tayotganbiroroperatsiyalarningtugallanishibilanbog‟liqbo‟lgantartibda, oldindandasturlanganbo‟ladi. Ob‟ektparametriningo‟zgarishito‟g‟risidagima‟lumotlarprogressigata‟sirko‟rsatadi. Bundaysistemalargaengoddiymisolsifatidaasinхrondvigatelningishgatushishi, ma‟lumvaqtoralig‟idaboshqarilmaydiganrejimdaishlashvaishdavritamombo‟lgachto‟хtashdaniboratdasturgamuvofiqishlashiniko‟rsatishmumkin.Kibernetika (grekcha boshqarish) fani asoslarini Norbert Vinner o‟zining 1948 yilda chiqqan “Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” degan kitobida bayon qilingan. Uning ta‟rificha kibernetika meхanizmlar, organizmlar va jamiyatdagi boshqarish va bog‟lanishlar to‟g‟risidagi fan bo‟lib, mazkur fanning asosida turli fizik tabiatga хos bo‟lgan sistemalardagi boshqa jarayonlarga umumiy nuqtai nazardan qarash va ular uchun boshqarishning matematik nazariyasining yaratish mumkinligini to‟g‟risidagi fikr yotadi.Kibernetikaning muhim ahamiyatga egaligi shundaki, u avtomatlashtirish fanining nazariyasoslarini o‟z ichiga oladi. Kibernetikaning bir qator falsafiy ahamiyatlari ham bor. Bularning eng muхimi ob‟ektiv olamning mavjud ma‟lumot jarayonlar bilan aloqadorligini ochib berishdir. Kibernetika dialektik materializmga asoslanadi. U materiya dunyoning birdan bir negizi jonli tabiat, jamiyat va mashinalardagi hodisa va narsalarning boshqarilish qonunlari o‟zaro umumiy bog‟lanishda ekanligi, ulardagi harakat va rivojlanish esa ichki qarama-qarshiliklar va ular haqidagi ma‟lumotlar asosida vujudga kelishini tasdiqlaydi.Kibernetika fani boshqarish to‟g‟risidagi ilmiy bilishning uch asosiy yo‟nalishini o‟z ichiga oladi:1. Teхnikkibernetika-sanoatkibernetikasi. Bundasanoatishlab-chiqarishiob‟ektlardagiboshqarishjarayonlario‟rganiladi.2. Biokibernetika. Bunda biologik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi.3. Iqtisodiy kibernetika. Bunda iqtisodiy sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi.Kibernetikaning avtomatika fani bilan bog‟liqligi va farqi shundaki kibernetika yopiq zanjirli informatsion avtomatik sistemalardagi boshqarish jarayonlari o‟rganiladi.Teхnik kibernetika vaboshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi kursining asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonlarining mehnat unumdorligini oshirish, boshqarish jarayonlarini intensivlash, mahsulot sifatini pasaytirmay katta boshqarish samarasiga erishishni ta‟minlaydigan teхnik vositalar 43kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o‟tishini odam ishtirokisiz ta‟minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to‟хtatish, harakat yo‟nalishi va tezligini o‟zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob‟ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob‟ektning teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o‟zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma‟lumotlarga ishlov berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko‟zda tutadigan ko‟p pog‟onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to‟g‟risida echimlarning pishiq va asoslangan bo‟lishini boshqarishjarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o‟tishini ta‟minlash va boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko‟zda tutadi. Yangi progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta‟minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. Ob‟ektiv boshqaruvchi, ta‟sir ko‟rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan olingan ma‟lumotlar asosida operator bajaradi. Boshqarish to‟g‟risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun ma‟lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta‟sir ko‟rsatadi. Boshqarish organi o‟z navbatida lokalavtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta‟sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi.BAS quyidagi sinflarga bo‟linadi:1. Boshqarish darajasi bo‟yicha.A) umumdavlat BASB) Soхa bo‟yicha BAS vazirlik doirasi bo‟lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхudUBAS tarkibida bo‟lgani holda boshqarish .D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish .2. Boshqarish ob‟ektining хarakteri bo‟yicha:A) Teхnologik jarayonlarni boshqarishningavtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo‟llaniladi.B) Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo‟llaniladi.V) Boshqarishning yig‟ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.3. Funktsional qo‟llanilishi bo‟yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta‟minoti, davlat statistikasi, ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo‟linadi.4. Ishlab chiqarish хarakteri bo‟yicha: ishlab chiqarish bo‟yicha jarayonlar uzluksiz , diskret turlarga bo‟linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korхona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo‟llaniladi. 43kompleksi, ularning ishlash printsipi va usullarini asoslash va ishlab chiqarishga tadbiq qilishdan iborat.Boshqarishning avtomatik sitemasi deb, alohida lokal teхnologik jarayonlarning berilgan dastur asosida o‟tishini odam ishtirokisiz ta‟minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchi sistemalardan iborat teхnik qurilmalar sistemasiga aytiladi. Teхnologik mashinani ishga tushirish, to‟хtatish, harakat yo‟nalishi va tezligini o‟zgarishi kabi operatsiyalarni bajarish uchun хizmat qiladigan ABS ob‟ektining biror teхnologik parametrini (harorat, bosim, suyuqlik balandligi, tezlik, namlik, balandlik va b) teхnologik jarayon davomida rostlab turish uchun хizmat qiladigan sistemalar yoki ob‟ektning teхnologik parametri oldindan berilgan qonunga muvofiq o‟zgartirish sistemalari teхnologik jarayonni nazorat qilish, himoya va signallash vazifalari va hk.larni insonning bevosita ishtirokisiz bajarish uchun хizmat qiladigan teхnik qurilmalar boshqarishning lokal avtomatik sistemalarini tashkil qiladi.Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi deb, ma‟lumotlarga ishlov berishni EHMlar yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok etishini ko‟zda tutadigan ko‟p pog‟onali murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. Bu sistema boshqarish to‟g‟risida echimlarning pishiq va asoslangan bo‟lishini boshqarishjarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o‟tishini ta‟minlash va boshqaruvchi zvenoni mehnat faoliyatini engillashtirishni ko‟zda tutadi. Yangi progressiv teхnika va yangi usullar bilan ta‟minlanishi tufayli bu sistemada boshqarish mehnati intensivlashadi. BASlarda yuqoridagi vazifalarni EHM bajaradi. Ob‟ektiv boshqaruvchi, ta‟sir ko‟rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi mashinalardan olingan ma‟lumotlar asosida operator bajaradi. Boshqarish to‟g‟risidagi hal qiluvchi buyruq esa operator tomonidan beriladi. Buning uchun ma‟lumotlarni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish haqida qaror qabul qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta‟sir ko‟rsatadi. Boshqarish organi o‟z navbatida lokalavtomatik sistemaning ijro etuvchi elementi va rostlash organiga ta‟sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi.BAS quyidagi sinflarga bo‟linadi:1. Boshqarish darajasi bo‟yicha.A) umumdavlat BASB) Soхa bo‟yicha BAS vazirlik doirasi bo‟lib, vazirlikka tegishli tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish.V) hududiy BAS umumiy hududiy tumanlarni alohida yoki SBAS yoхud UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish.G) Ishlab chiqarish birlashma BAS ishlab chiqarish boshqarmalarini alohida yoki SBAS yoхudUBAS tarkibida bo‟lgani holda boshqarish .D) Korхona BAS ishlab chiqarish korхonalarini alohida yoki birlashma BAS yoхud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish .2. Boshqarish ob‟ektining хarakteri bo‟yicha:A) Teхnologik jarayonlarni boshqarishningavtomatlashtirilgan sistemasi teхnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo‟llaniladi.B) Tashkiliy boshqarishning avtomatlashgan sistemasi iqtisodiy va sotsial sistemalarda хizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo‟llaniladi.V) Boshqarishning yig‟ma sistemasi TBAS va TPBAS ni yagona bir sistemasiga birlashtiradi.3. Funktsional qo‟llanilishi bo‟yicha: reja hisoblari, moddiy teхnika ta‟minoti, davlat statistikasi, ilmiy teхnika progressi va boshqa sinflarga bo‟linadi.4. Ishlab chiqarish хarakteri bo‟yicha: ishlab chiqarish bo‟yicha jarayonlar uzluksiz , diskret turlarga bo‟linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida korхona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo‟llaniladi.3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirishvositalarining davlat sistemasiBoshqarish jarayonining sifati, samaradorligi ko‟p jihatdan teхnologik jarayon haqidagi ma‟lumotlarni to‟g‟ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o‟lchov asboblari sezgichlarning bo‟lishini 44talab qiladi. Sezgichlardan olingan ma‟lumot boshqaruvchi EHM sistemasiga undan ijro etuvchi elementlar sistemasiga ta‟sir qiladi. Boshqaruvchi ma‟lumotlar bir qator avtomatika elementlari, nazorat o‟lchov asboblari orqali o‟lchanadi. Agar bu sistemalar, elementlar va ular orqali o‟tadigan signal soddalashtirilmasa umuman bir me‟yorga keltirilmasa boshqarish sistemalari qurilishida katta iqtisodiy va tashkiliy tartibsizlikka yo‟l qo‟yilgan bo‟ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarning ko‟pligi va turli –tumanligi sababli, sezgichlar, signal beruvchi elementlar, boshqarish elementlari, EHM nazorat o‟lchov asboblarining behisob ko‟p va turli хil fizik tabiatga (elektrik , pnevmatik, gidravlik va boshqalar) хos bo‟lishi nazarga olinganda aytib o‟tilgan tartibsizlik va iqtisodiy zararlarning qanchalik katta bo‟lishini tasavvur qilish qiyin emas.O‟lchov asboblarining davlat sistemasi bu kamchiliklarning bo‟lmasligini, o‟lchov asboblarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda yagona tartib o‟rnatish choralarini amalga oshirishni ko‟zda tutadi.O‟lchov asboblarining davlat sistemasi (ADS) 3 ta asosiy elektrik, pnevmatik va gidravlik tarmoqlarga bo‟linadi. Bajaradigan vazifasi bo‟yicha asboblar ob‟ektlardan ma‟lumotlarni sezib oluvchi, signallar uzatuvchi va ishlov beruvchi qurilmalarga, ijro etuvchi elementlar sistemalariga bo‟linadi. Bulardan tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi signal turlarini biridan ikkinchisiga o‟zgartiruvchi universal elementlar ham ADS ga kiradi. har bir tarmoq uchun davlat standarti tomonidan o‟lchov asboblari va bloklariga kiruvchi va ulardan chiquvchi signallar miqdorini oldindan aniqlab bo‟lmaydi Unumdorlik nazariyasi to‘g‘risida tushunchalar. Unumdorlik nazariyasi asoslari 1932-1933 yillarda G.A.Shaumyan tomonidan ishlab chiqilgan. G.A.Shaumyan uslubi mashinani texnik va iqtisodiy ko‘rsatgichlar orasidagi matematik bog‘lanishlarni aniqlash bilan bog‘liq. Bunday matematik modellar avtomatik va avtomat liniyalarni unumdorligi va samaradorligini o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlaydi. Bu bilan xar qanday texnik-iqtisodiy parmalarni o‘zgarishi, taxlil etilayotgan variantlar samaradorligiga ta’sirini miqdor jixatdan aniqlash mumkin bo‘ladi. Matematik model strukturasi quyidagi rasmda keltirilgan. Matematik model strukturasi. Matematik model tarkibiga quyidagi parametrlar kiradi: Boshlang‘ich parametrlar. Mashinani konstruksiyasi, kompanovkasi va ishlatilayotgan texnologiyalarni tavsiflaydi. Mashinalar unumdoligi boshlang‘ich parametrlari quyidagilar sanaladi: Ishlov maromi va ishlov vaqti t=tu; sikldagi salt yurishlar vaqti tc; sikldan tashqari yo‘qotishlar tù; ishchi pozitsiyalar soni 0; bo‘limlar soni nb lardan tashkil topadi. Ular miqdoriy jixatdan umumiy ishlov sikli T va sikldan tashqari yo‘qotishlar yig‘indisi tù ni aniqlaydi, ular mashinani ishchinligini xarakterlaydi. O‘zgaradigan aniqlovchi parametrlar - qiyoslanuvchi variantlarni unumdorligini , qiymati , xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni , ekspluatatsiya xarajatlari ulushlari , xizmat muddati N va boshqalardan iborat bo‘lgan texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar. Doimiy parametrlar-formulaga konstant (doimiy) sifatida kirgan parametrlar. Masalan, amortizatsiyaga ajratmalar 1, va ta’mirlash sarf-xarakatlari 2. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlari - unumdorlikni oshishi , kapital qo‘yilmalar samaradorligi koeffitsenti E, keltirilgansarf xarakatlar. Bunday matematik modelni yaxshi tomoni uni ayrim o‘zgaruvchilarini o‘zgartirish bilan uni ta’sirini aniqlashdir. Aniqlovchi parametrlarni miqdorini bilgan xolda mos xolda iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aniqlash bilan texnik mumkin bo‘lgan maqbul variantni aniqlash mumkin. Shuning bilan birga maqbul iqtisodiy ko‘rsatgichlar (masalan; minimal xizmat muddati) asosida tenglarnani teskari xisog‘lab texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlarni boshlang‘ich parametrlariga, aniqlash mumkin. Shunday qilib, unumdorlik nazariyasi uslublari quyidagi masalalarni xal qiladi: Eng yaxshi iqtisodiy samara beradigan variantni, qiyoslanadigan variantlarni texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari (unumdorlik, ishonchlilik, qiymati, xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni va boshqalar) ni muxandis nuqtai nazardan taxlili asosida aniqlash. Talab etilganiqtisodiy samaradorlik asosida, loyihalanayotgan avtomat yoki avtomatliniyani texnik xarakteristikalariqanday bo‘lishi kerakligini aniqlash. Iqtisodiy kriteriyalar asosida loyihalanayotgan mashinani texnik xarakteristikalarini optimallashtirish. Unumdorlik nazariyasi matematik modeldan foydalanilgan xolda texnologiya va loyihalashni u yoki bu rivojlanishni yo‘nalishini miqdoriy taxlil qilish va bu asosida avtomatlashtirishning xar xil yo‘nalishlarini kelajagini aniqlash mumkin bo‘ladi. Avtomatik boshqarish tizimlarining unumdorlik nazariyasi asoslari. Mashinalarni unumdorlik nazariyasini asosini quyidagi masalalar tashkil qiladi: Xar qanday ish bajarilishi uchun vaqt va mexnat talab qilinadi. Unumdorlik (foydali) sarflangan vaqt deb, asosiy ishlov berish jarayonlari (masalan, shakl xosil qilish, nazorat, yig‘ish va boshqa) bajarish uchun sarf-vaqtga aytiladi. Qolgan xamma vaqt, ishchi siklini yordamchi (salt) yurishlari va sikldan tashqari yo‘qotishlar uchun sarflangan unumsiz (foydasiz) vaqt xisoblanadi. Yuqori unumdorlik va sifat ta’minlangan xolda salt yurishlarga va boshqa yo‘qotishlar yo‘q bo‘lsa, mashina ideal mashina (uzluksiz ishaydigan, cheksiz ishonchli) xisoblanadi. Xar qanday maxsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqish va uni ishchanligini saqlash uchun oldindan sarflangan mexnat sarfi va texnologik dastgoxga xizmat ko‘rsatish uchun ishchi mexnati sarf qilinadi. Texnikani rivojlanishi oldindan sarflangan mexnat sarfini oshishi va ishchi mexnati sarfini kamayishi bilan bog‘liq. Har qandayishlab chiqarish jarayonini texnologiyasini ishlab chiqarishda aloxida elementlarigacha xisobga olish zarur. Mashinalar unumdorligi cheki yo‘q (cheksiz). Xar xil texnologik jarayonlarni avtomat va avtomat liniyalari yagona avtomatlashtirish asosiga ega. Bular maqsadli mexanizmlar va boshqaruv tizimlarini o‘xshashligi, unumdorlik, ishonchlilik, iqtisodiy samaradorlik bir xil qonuniyatga bo‘ysunadi: Yangi texnikani ilg‘orligi vaqt-omili-mexnat unumdorligini oshishi bo‘yicha baxolanadi. Mexnat unumdorligini muxim omili ishchi mashinani yaratish uchun sarflangan mexnatdir: Au=W/T Bu yerda: Au – mexnat unumdorligi; W – ishlab chiqarilgan yaroqli maxsulot; T – umumiy mexnat sarfi. Mexnat unumdorligi o‘lchov birligi umumiy ko‘rinishda Au=[maxsulot/ mexnat] sifatida ishlatiladi. Amalda mexnat unumdorligi o‘lchov birligi ishlab chiqarilgan maxsulot va mexnat sarfini qanday birlikda xisoblanishga bog‘liq. MEXNAT UNUMDORLIGI. Avtomat va avtomat liniyalarda ishlov beriladigan xar qanday maxsulotni, universal avtomatlashmagan dastgohlarda ham ishlov berilishi mumkin. Avtomatlashtirishni maqsadi - eng avvalo mashinani unumdorligini oshirish va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar sonini kamaytirish, natijasida avtomatlashmagan ishlab chiqarishga nisbatan iqtisodiy samara olishdir. Asosiy ko‘rsatkichlari: Mexanizatsiyalashtirilgan ishda ishchilarning qatnashish darajasi; Umumiy mexnat sarfida avtomatlashtirilgan mexanizatsiyalashtirilgan mexnatning ulushi; Ishlab-chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirish darajasi: Xalq xo‘jaligining turli soxalarida ishlab-chiqarishni avtomatlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ishlab-chiqarishini avtomatlashtirish fan-texnika taraqqiyotinini jadallashtirishning asosiy yo‘li, butun xalq xo‘jaligini texnika bilan qayta qurollantirish asosidir. Xalq xo‘jaligining turli soxalarida ishlab-chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqayotganda quyidagi asosiy qoidalarini yodda tutish lozim: xar bir ishni oxiriga etkazish uchun vaqt va mehnat talab etiladi; ishlov berishning asosiy jarayonlariga (shakl berish, tekshirish, yig`ish) sarflangan vaqt unumli xisoblanadi; uzluksiz ishlaydigan, xizmat muddati cheksiz bo‘lgan va absolyut ishonchli mashina ideal mashina sanaladi. Mehnat unumdorligini oshirish yangi texnikani, uni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash mezonidir. Mexnat unumdorligini turli yo‘llar bilan oshirish mumkin: 1. Zamonaviy avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish xisobiga, bunda dastgoxda ishlovchi ishchilar soni keskin kamayadi; 2. Jixozning ish unumini keskin oshirish evaziga, bu eng keng tarkalgan va ilg’or usuldir; 3. Ishlab-chiqarish texnologiyasini o‘zgartirmasdan, yangi jixozga mablag‘ sarflamasdan, mehnatni tashkil etish xisobiga; 4. Jixozni narxini arzonlashtirish agregat dastgohsozlikni, yirik seriyalab va potok usulda ishlab-chiqarishni rivojlantirish, avtomatlashtirishning turli vositalarini yaratish evaziga. Ishchi mashinalarining rivojlanish bosqichlari: 1. Qo‘lda bajariluvchi universal dastgohlar. 2. Universal avtomatlar va yarim avtomatlar. 3. Maxsus va maxsuslashtirilgan avtomat va yarim avtomatlar. Agregat dastgohlar. 1. Agregat dastgohlardan tashkil topgan avtomatik liniyalar. 2. Universal dastgohlardan tashkil topgan avtomatik liniyalar. Maxsus dastgoxli avtomat liniyalar: 1. Dastur bilan boshqariluvchi dastgohlar va avtomat liniyalar. 2. Agregat dastgoxlardan tashkil topgan avtomat liniyalarni ishlabchiqarish jarayonini avtomatlashtirish uchun qulay, chunki agregat dastgoxlar texnologik jarayon ketma-ketlikda o`rnatiladi. Unumdorlik nazariyasi asosini mashinani unumdorlik ko‘rsatgichlari va dastgohni konstruktiv, texnologik, strukturaviy, qiymati va boshqa ko‘rsatgichlari orasidagi bog‘lanishni aniqlovchi tenglarna tashkil qiladi. Shu sababli unumdorlik nazariyasi uslublari nafaqat mashinani unumdorligi miqdorini aniqlash va uni qo‘llashdan olingan samarani xisoblash bilan bog‘liq, balki avtomatlashtirilgan dastgoxlarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xar xil variantlarini taxlil qilish hamda eng ko‘p unumdorlik va iqtisodiy samarani aniqlashga imkoniyatini beradigan, maqvul variantni parametrlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarish vositalarini universalligi va moslanuvchanligi. Ishlab chiqarishni xususiyatlari texnologik dastgoh va jihozlarga ma’lum talablar qo‘yadi. Agar maxsulot yalpi ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilsa, ishchi mashina (avtomatlar)ga yuqori unumdorlik talabi qo‘yiladi. Seriyali va donalab ishlab chiqarish sharoitida birinchi o‘ringa universallik va moslanuvchanlik talabi qo‘yiladi. Bunda universallikka dastgoxlarni qanchalik ko‘p xar xil maxsulotlarni ishlov berishga qayta sozlanish mumkinligini aniqlaydi. Moslanuvchanlik bir maxsulotni ishlab chiqarishdan boshqasiga qanchalik tez o‘tish mumkinligini ko‘rsatadi. Jarayonni ma’lum ketma – ketlikda va berilgan tartib bo‘yicha odam ishtirokisiz amalga oshiradigan chora tadbirlar majmuasiga texnologik jarayonni avtomatik boshqarish deyiladi. Metall kesish stanoklarida zagotovkaga ishlov berish jarayonlarini boshqarishda shpindelning aylanish chastotasini, support yoki stolining bo‘ylanma va ko‘ndalang harakatlari tezliklarini yoki revolver kallagi xolatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu boshqariladigan kattaliklar jarayonning boshqarish parametrlari deyiladi. Avtomatik boshqarish tizimlari quyidagicha farqlanadi: boshqarishni markazlashtirish darajasi bo‘yicha; boshqarish ob’ektiga ta’sir turiga ko‘ra; teskari aloqa borligi bo‘yicha; dasturtashuvchining turiga ko‘ra. Boshqarishning markazlashtirish darajasiga ko‘ra markazlashtirilgan, nomarkazlashtirilgan va aralashma turlariga bo‘linadilar. Markazlashtirilgan tizimda avtomat yoki avtomatik liniya (ob’ekt) buyruq (komanda) punktidan boshqariladi. Bunga misol taqsimlash vali yoki komandoapparat yordamida boshqariladigan avtomat bo‘la oladigan. Nomarkazlashtirilgan tizimda ob’ektni boshqarish markaziy boshqarishga ega emas. Stanok (ob’ekt) ishchi organlari yo‘l datchiklari yordamida boshqariladi. Datchiklarning ulanishi yoki uzulishi ishchi organlarida o‘rnatilgan tayanchlar orqali amalga oshiriladi. Bunga misol qilib jilvirlash avtomatlarining boshqarish organlarini olish mumkin. Aralashma tizim-bu markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan tizimlar kombinatsiyasidan tuzilgan tizimdir. Boshqariladigan ob’ektga ta’sir qilish usuliga ko‘ra boshqarish tizimlari uzluksiz va diskret - uzlukli turlarga bo‘linadilar. Uzluksiz boshqarish tizimiga misol qilib taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimni olish mumkin. Bunda taqsimlash valdagi kulachoklar uzluksiz ravishda stanok ishchi organi bo‘lgan supportga rыchagli mexanizmlar orqali qarakat uzatadi. Diskret – uzlukli boshqarish tizimida stanok ishchi organi impulsli signallar yordamida boshqariladi. Bu tizimga sonli dastur bilan boshqarish tizimlari misol bo‘la oladi. Ob’ekt bilan boshqaruvchi organ orasida teskari aloqa borligi bo‘yicha ochiq va yopiq boshqarish tizimlarga bo‘linadilar. Ochiq boshqarish tizimlarida boshqarish tizimi jarayon (ob’ekt) ning parametrlari to‘g‘risida axborot olmaydi va uning o‘zgarishga ta’sir ko‘rsatmaydi. Yopiq boshqarish tizimida jarayon (ob’ekt) bilan boshqaruvchi organ o‘zaro teskari aloqa bilan bog‘langan bo‘lib,boshqarish parametrini berilgan qiymatlarda o‘zgarishi ta’minlanadi. Bunday tizimni teskari aloqa tizimi ham deyiladi. Dasturtashuvchining turiga qarab boshqarish tizimlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: a) taqsimlash vali yordamida boshqariladigan; b) tayanchlar yordamida boshqariladigan; v) andoza (kopir) yordamida boshqariladigan; g) sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB). Taqsimlash vali yordamida boshqariladigan tizimlarning kulachokli, sharikli uzatish mexanizmli va komando apparatli turlari mavjud. Tayanchlar yordamida boshqarish tizimida tayanchlar dasturtashuvchi vazifasini bajarib, ishchi organiga o‘rnatiladi. Ular avtomatik tizimning datchiklariga ta’sir ko‘rsatadilar. Bu tizimlar ochiq boshqarish tizimiga kiradi. Andozali (kopirli) boshqarish tizimi kuzatish tizimiga kiradi. Andoza (kopir) dastur tashuvchi hisoblanadi. Bunda andoza profilining o‘lchamlariga mos holda stanokning ishchi organining ko‘chishi ta’minlanadi. Kuzatish (kopiroval) tizimining mexanik, gidravlik, elektrogidravlik, pnevmogidravlik turlari keng qo‘llaniladi. Sonli dastur bilan boshqarish tizimida dastur harf raqamli kodda beriladi. Bunda stanok (ob’ekt) ijrochi organining har bir ko‘chishi kattaligi sonlar yordamida beriladi. Axborot dasturtashuvchi (perfolenta, magnit lenta, kompakt (ixcham) kasseta)larda beriladi. Axborotning har birligi impulsiga ijrochi organning ma’lum kattalikda diskret (uzlukli) surilishi mos keladi.Ushbu boshqarish tizimi diskret- uzlukli tizimga kiradi. Avtomat – (yunoncha - o‘zi harakatlanuvchi) berilgan dastur (topshiriq) asosida odamning bevosita ishtirokisiz ma’lum bir texnologik jarayonda energiya, material yoki axborotni qabul qilish, uzatish yoki o‘zgartirishga yo‘naltirilgan barcha operatsiyalarni bajaruvchi moslamadir. Boshqarish – boshqaruv ob’ektini berilgan dasturga mos ravishda faoliyat yuritishida uning barqarorligini ta’minlash va yaxshilash yoki uni boshqarish maqsadiga yo‘naltirilgan harakatlardir. Boshqaruv ob’ekti va avtomatik boshqaruvchi moslamaning yaxlitligiga avtomatik boshqarish sistemasi deyiladi. Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasi)da barcha boshqaruv va nazorat operatsiyalari odam ishtirokisiz amalga oshiriladi. Katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash, ko‘plab elementlarning o‘zaro hamkorligini, boshqaruvning murakkab funksiyalarini bajarishni talab qiladigan ishlab chiqarish ob’ektlari (jarayonlar, mashinalar)ni boshqarishda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalaridan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida asosiy axborotlarni olish, dastlabki qayta ishlash kompyuter yoki EHM yordamida bajarilsada, yakunlovchi komanda (topshiriq)ni operator beradi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarida boshqaruv inson harakati va boshqaruvchi moslamaning birgalikdagi o‘zaro harakati jarayonida amalga oshadi. Avtomatik boshqarish sistemalari (avtomatik boshqarish sistemasiham taxminan shunday prinsp asosida ishlaydi, ya’ni avtomatik boshqarish sistemasilar boshqaruv ob’ektida tashqi muhit holatini nazorat qilish barobarida, topshiriqlar oladi va shu asosda ob’ektni mustaqil boshqaradi. Avtomatikada har qanday ob’ektning 3 ta asosiy parametri: kirish, chiqish parametrlari va tashqi muhitdan g‘alayonlanish ta’siri kuzatiladi. Kirish (boshqaruvchi) kattaligi X ob’ektini boshqarish parametri, chiqish (boshqariladigan) kattaligi У ob’ekt faoliyati natijasini xarakterlovchi parametr hisoblanadi. Muhitning tashqi ta’siri Z g‘alayonlanish deyiladi. Avtomatik boshqarish sistemalari (ABS) qabul qilayotgan signallar uzluksiz-ya’ni bir tekisda o‘zgaradigan, doimiy va diskret, ya’ni sakrash bilan o‘zgaradigan bo‘lishi mumkin. Signallarning analog va raqamli turlari mavjud. Inson, eng avvalo og‘ir jismoniy mehnat turlaridan ozod bo‘lishga erishgan. Bu o‘rinda u tabiiy energiya manbalaridan (suv, shamol va boshqalar) foydalangan. Keyinchalik bug‘ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan (XVIII asr) fan-texnika taraqqiyotining birinchi bosqichi - ishlab chiqarish protsesslarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. Lekin, endi odam har bir stanok va texnologik mashinaga bog‘langan bo‘lib, undagi ishlab chiqarish protsesslarini kuzatadi (kontrol qiladi), mehnat predmeti parametrlarining maqsadga muvofiq o‘zgarishi to‘g‘risidagi informatsiyalarga ishlov berib, ularni analiz qilish yo‘li bilan texnologik protsessni boshqarish vazifasini bajarib turadi. Bu davrda odam ishlab chiqarish protsessining boshqaruvchi elementi bo‘lib qoladi. Mashinalashtirilgan ishlab chiqarish protsesslari endi katta tezliklarda o‘tadigan bo‘ladi, ularning uzluksiz ishlaydigan turlari ko‘payib, murakkablashib boradi. Sanoat uskunalarining kattalashib va kengayib borishi, ular katta aniqlikda ishlashining talab qilinishi, boshqarishni tashkil qilish uchun e’tiborga olinishi kerak bo‘ladigan informatsiyalar sonining juda ko‘payib, murakkablashib ketishiga sabab bo‘ldi. Bunday sharoitda boshqarish funksiyasini bajaruvchi odam boshqarish bilan borliq bo‘lgan bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Endi u ishlab chiqarish protsesslarining o‘tishi to‘rrisidagi informatsiyalarga tez ishlov berib ulgurolmaydigan bo‘lib qoladi. Shu sababli informatsiyalar asosida o‘z-o‘zidan, odamning ishtirokisiz ishlaydigan yordamchi texnik vositalarni yaratish zarurati tug‘iladi. Sanoatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I. I. Polzunov tomonidan (1765-y) yaratilgan. Bu qurilma bug‘ mashinasining bug‘ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz, saqlab turishga mo‘ljallangan qurilma edi. Ma’lumki, qozondagi suv miqdori uning bug‘ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi, natijada undagi bug‘ bosimi ham o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida bug‘ mashinasining yomon ishlashiga, uning tezligi o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli bug‘ qozonidagi suv sathi balandligini va bug‘ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o‘sha davrning eng muhim muammolaridan hisoblanardi. Polzunov yaratgan texnik vosita (regulyator) tufayli, odam qozondagi suv sathi balandligini kontrol qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilanib qo‘yilgan suv sathi balandligidan kamaysa - suv quyib, ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to‘xtatish protsessini boshqarib turish funksiyasini bajarishdan ozod bo‘ldi. Endi bu funksiyani texnik qurilma - regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz mexanigi J.Uatt ikkinchi muammoni hal qildi - bug‘ mashinasining aylanish tezligini rostlay oladigan avtomatik qurilma - regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida o‘sha vaqtdagi texnologik mashinalarning ishonchli va o‘zgarmas tezlikda ishlashi bir - muncha ta’minlangan edi. Fan-texnika taraqqiyotining bu II davrida alohida ob’ektlardagi suyuqlik sathi balandligi, texnologik mashinalarning aylanish tezligi va boshqalarni rostlash kabi eng oddiy operatsiyalarni avtomatik boshqarish uchun xizmat qiladigan, regulyator deb ataladigan texnik qurilmalarni hisoblash, qurish masalasi hal qilindi; texnologik protsesslarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan lokal avtomatik sistemalarning eng oddiy turlari yaratildi. Bu davrda o‘zaro ma’lum tartibda bog‘langan, belgilangan maqsadga muvofiq bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan va o‘zining asosiy funksiyasini odam ishtirokisiz bajaradigan, boshqaruvchi (regulyator) va boshqariluvchi (ob’ekt) qismlardan iborat bo‘lgan avtomatik boshqarish sistemalari yaratila va takomillasha boshlandi. Avtomatik boshqarish sistemalarini hozirgi paytda, asosan ikki turga bo‘lish mumkin: Birinchi turi - sistemalarga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o‘zaro ketma - ket bog‘langan va bir - biriga ochiq zanjir bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadigan avtomatik boshqarish sistemalari kiradi. Ochiq zanjirli avtomatik boshqarish sistemalarida ishlab chiqarish protsesslari o‘tadigan ob’ektlarning ishga tushishi, ishlashi va to‘xtashi ma’lum vaqt (davr) oralig‘ida oldindan berilgan dastur ga muvofiq o‘tadi, ob’ektdagi texnologik protsesslar undagi miqdor va sifat o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Ob’ektlardagi texnologik operatsiyalarning bajarilishidagi ketma - ketlik vaqt bo‘yicha yoki oldin o‘tayotgan biror operatsiyaning tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tartibda oldindan dasturlangan bo‘ladi. Avtomatik boshqarishning ikkinchi turiga - boshqariladigan rejimda ishlaydigan yopiq zanjirli informatsion sistemalar kiradi. Bunday sistemalarda ob’ektni ishga tushirish, to‘xtatish va ma’lum dastur bo‘yicha boshqarishdan tashqari, sistemaning ishlash protsessi davomida ob’ektning sifat ko‘rsatkichlari, texnologik parametrlarni rostlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqarish protsessi ham bo‘ladi. Avtomat dastgohlarni asosiy guruxlari. Butun mashinasozlikni darajasi, unda qo‘llanilayotgan metall kesish dastgohlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Metallkesish dastgohlarini avtomatlashtirishni tarixiy rivojlanish tendensiyasi, umuman mashinasozlikni avtomatlashtirishni rivojlanishini belgidaydi. Bunda shuni ta’kidlash zarurki avtomatlashtirishni rivojlanishida bir xil ko‘rsatgichlar yaxshilansa (eng avalo xizmat ko‘rsatadigan ishchilar soni ozayishi va unumdorlikni oshishi) boshqa ko‘rsatgichlar, universalligi va moslanuvchanligi kamayadi va qiymati oshadi. «Qo‘lda» boshqariladigan dastgohlar, universal, maxsus va maxsuslashtirilgan avtomat va yarim avtomatlar. Quyida avtomatlashtirishni, dastgohlar guruxlarini avtomatlashtirilganlik darajasiga ko‘ra ularni o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llashga moyilligini ko‘rib chiqamiz. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling