Navoiy davlat konchilik va texnalogiya universiteti energomexanika fakulteti


Download 0.5 Mb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1221749
1   2   3   4   5
Bog'liq
avtomatik 2

I gurux Qo‘lda boshqariladigan dastgoxlar. Bunday dastgoxlarni yuqori universalligi va moslanuvchanligi, ularni yuqori unumdorlik talab etilmaydigan donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Shuningdek, xizmat muddatini ozligi uchun, o‘zini oqlaydigan yuqori unumdorligi, qimmatbaxo maxsus dastgoxlar o‘rniga, yalpi tez almashinishi mumkin bo‘lgan (priborsozlik, samolyotsozlik) ishlab chiqarishda universal qo‘lda boshqariladigan va raqamli dasturda bosgqariladigan dastgohlar qo‘llaniladi. II gurux. Universal avtomat va yarim avtomatlar. Bir xil maxsulotlarni ko‘plab ishlab chiqarishni ko‘payishi bilan universal avtomatlar va yarimavtomatlar qo‘llaniladi. Bu avtomat va yarimavtomatlar universal deyiladi. Ularni universalligi, qo‘lda boshqariladigan yoki raqamli dasturda bosgqariladigan dastgohlardan anchagina past. Chunki salt yurish mexanizmlari va kulachokli avtomat boshqaruv tizimlari ularni moslanuvchanligini kamaytirib yubordi. Qo‘lda boshqariladigan dastgoxlarda bir detal ishlovidan, ikkinchisiga o‘tish uchun sanoqli minutlar talab etilsa, universal avtomatda bunday sozlash dastgoxni bir necha soat bo‘sh turishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli mayda seriyali ishlab chiqarishda xaqiqiy unumdorik past bo‘ladi. Ishlab chiqarish miqyosini o‘sishi, ko‘p xollarda dastgoxlarni qayta sozlash zarur bo‘lmay qoladi. Bunday avtomatlarda yil bo‘yi bitta detalga ishlov beriladi.
III gurux. Maxsuslashgan va maxsus avtomatlar va yarim avtomatlar. Bunday dastgoxlar yalpi ishlab chiqarish sharoitida, tayyorlanayotgan detalni va o‘lchamlari ko‘p vaqt o‘zgarmaydigan xollarda ishlatiladi. Ishlab chiqarayotgan maxsulotni almashinuvi ko‘pgina maxsuslashgan va maxsus dastgoxlar o‘zining ishchi xolatda bo‘lishiga qaramasdan kerak bo‘lmay qoladi. Shunday qilib texnikani rivojlanishida ishlab chiqarishni ko‘plab bo‘lishi bilan moslanuvchanlik qarama - qarshi parametr sifatida bo‘lib qoladi. Bunday muammoni dastgoxlarni mexanizm va qismlarini texnologik nuqtai nazardan standartlashtirish va normalashtirish bilan xal qilinib agregat dastgoxlar maydoniga keladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling