Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 47sa-21 tmj fakulteti elektrotexnika nazariy asoslari
Download 1.68 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr va magnit kattaliklar
Mаgnit оqimi.
Biror sirtni kesib o‘tayotgan magnit maydon kuch chiziqlari sonini tavsiflash uchun magnit oqimi degan tushuncha kiritilgan. S yuzadan o‘tayotgan magnit induksiya oqimi deb, magnit induksiya vektorning yuzaga ko‘paytmasiga aytiladi: Magnit oqimi skalyar kattalik bo‘lib Ф harfi bilan belgilanadi. Ta’rifga ko‘ra, magnit oqimi ifodasini quyidagicha yozamiz: Ф=B· ΔS, (1–1) Agar mаgnit mаydоn induksiya chiziqlаri sirtgа birоr burchаk оstidа tushаyotgаn bo‘lsa, sirtdаn o‘tаyotgаn mаgnit induksiya оqimi α burchаkkа bоg‘liq bo‘lаdi, ya’ni: Ф=B·S cosα. α = ( B n) n α S B Bundа α sirtgа o‘tkаzilgаn n nоrmаl vеktоri bilаn mаgnit induksiyasi chiziqlаri оrаsidаgi burchаk. Elektromagnit hodisalarni sifat va miqdor jihatdan baholash uchun elektr va magnit kattaliklar qo`llaniladi: zaryad, tok, kuchlanish, qarshilik, sig`im, induktivlik, magnit oqimi, magnit induktsiyasi va boshqalar. Bu kattaliklar elektromagnit hodisa va jarayonlarni ob'yektiv ifodalaydi.Nazariy tahlil qilishda va hisoblashlarda keraklicha aniqlikda tajriba yo`li bilan (o`lchov asboblari yordamida) ishonchliroq aniqlanadi. Fizika kursidan ma'lumki, barcha elektrik va magnit kattaliklar matematik jihatdan to`rtta boshlang`ich kattaliklar, l -uzunlik, vaqt t ,energiya va elektr zaryadi hamda qo`shimcha kattalik-burchak orqali ifodalanadi. Elektr va magnit kattaliklar Elektr va magnit kattaliklarni miqdor jihatdan baholash uchun ularning birliklaridan foydalaniladi. Hozirgi paytda fizik kattaliklarning barcha birliklari,ya'ni fan-texnika va sanoatda ishlatiladigan birliklar Xalqaro birliklar sistemasi SI orqali tasdiqlangan. Xalqaro standartga asosan boshlang`ich (asosiy) birliklar quyidagilar hisoblanadi:uzunlik [m-metr], vaqt [s-sekund], massa [kg-kilogramm], elektr toki [A-amper] va yana uchta kattaliklar,issiqlik,yorug`lik va jismni modda miqdori o`lchovlari qo`llaniladi. Qolgan barcha fizik kattaliklar asosiy va qo`shimcha -burchak kattalik birligi radian orqali ifodalanadi. O`lchov texnikasida va o`lchov asboblarida aniq o`lchash uchun etalon bilan tekshiriladi va solishtiriladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling