Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi


Download 159.49 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi159.49 Kb.
#1545378
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metallurgiya

1.1rasm. Yerni o‘yib, tosh qalab ishlatilgan bir martalik qadimiy eritish pechi. 1-ruda; 2-o‘tga chidamli olovbardosh toshlar; 3- toshko‘mir; 4- o‘tin; 5- alanga ;6- mis.



1.2-rasm. Ostidan havo berib eritiladigan
Pech. 1-suyuq mahsulot chiqadigan
quvur; 2-havo purkagich po‘stin.
Shuni qayd etish kerakki, konchilik, ma’danchilik, metall eritib olish, qimmatbaho toshlarni topish, ularni ishlatish tarixini yoritishga kel­ganda barcha mualliflar Farg‘ona, Shosh va Iloq mintaqasiga alo­hida e’tibor berganlar. Jumladan, arab solnomachilari O‘rta Osiyo­dagi eng ko‘p kumush konlarini inobatga olib yozishganda, albatta, Iloqdagi Qura­­ma tiz­ma tog‘ining kattagina qismini “Ko‘hi Sim”, ya’ni “Kumush tog‘i” deya alohi­da qayd etganlar.
O‘sha solnomachilarning ko‘rsatishlaricha, Shosh va Iloq viloya­tining o‘n sakkiztadan to elliktagacha katta-kichik shaharlari bo‘lib, bular­dan qariyb o‘nga yaqinida metall eritib olingan. Bu paytga kelib pechlar minorali shaklda, olovbardosh, o‘tga chidamli pishgan g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, unumdorligi ham ancha yuqori bo‘lgan [2] (1.3-rasm).
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti olim­lari, O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU), O‘zbekiston mada­niyat­­shu­noslik instituti xodimlari tomonidan bu sohada birmuncha mu­kam­mal tadqiqotlar yaratildi. M. N. Bubnovaning fikricha, I–II asrga ke­lib, O‘rta Osiyoda foydali qazilmalardan foydalanish o‘zining eng yuqo­ri ravnaqiga ko‘tarilgan.





Qiyin eriydigan qotishma

1.3-rasm. Hozirgi minorali pechga o‘xshash o‘tga chidamli g‘ishtdan terilgan eritish pechi.

Rangli metallar haqida buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy shunday ma’lumotlar keltiradiki, ularga qarab o‘rta asrlarda yurtimizda nodir va rangli metallar ancha takomillashgan texnologik jarayon bilan olinganining guvohi bo‘lamiz. Jumladan, simobning javharlari, ya’ni kinovar kabi mine­ral­lari qimmatbaho toshlar sifatida ishlatilgan bo‘l­sa, uni past haroratda eritib, suyuq simob, oltin va kumush olish­ning amal­gamatsiya usuli qo‘llanilishi batafsil aytiladi.


O‘rta Osiyoda metallar tabobatda ham ishlatilgan. Maydalangan metall va sochma qumtoshlar ichidagi oltin hamda kumush zarra­chalari simob tomchilari orasiga tez yutilib, amalda u bilan suyuq aralashma hosil qilishi va shu yo‘sinda ularni tog‘ jinslaridan ajratib olish mumkinligi atroflicha yoritilgan.
O‘rta Osiyoda keng miqyosda topiladigan va olinadigan metal­lardan biri oltindir. Beruniyning yozishicha, uni turkiylar – oltin, arab­lar – zaxab, rumiylar – xarzus, suriyaliklar – daxaba, hindiston­lik­lar – suvari deb atagan­lar. Shundan so‘ng Beruniy dunyoning bir qancha min­­­taqa va davlat­laridagi oltin konlari haqida ma’lumotlar kelti­rib, uning Misr, Qandahor, Suriya va Xuttalon kabi mamlakatlarda ko‘p­ligini ta’kidlab o‘tgan.
Kumush o‘z xususiyati bilan oltindan keyingi o‘rinni egal­laydi. Uni turkiylar – kumush, forsiylar – sim, rumiylar – argidos, arab­lar – sima dey­­­dilar. Kumush ham, asosan, oltin olish jarayonlari tufayli olinishi kelti­riladi. Qadimdan zeb-u ziynat, tanga pullar tayyorlashda oltin va kumushdan o‘tadigan metalning yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Mis metali arablar tilida nuxas, rumiylar tilida xalkos deb yuri­tilgan. Mis metali, asosan, Iroq va Xurosonda qazib olingan va eri­tilib, misgarlik buyum­lari – mis ko‘za, oftoba, chovgun, mis qozon, chelak, taqinchoqlar, qo‘ng‘i­roqchalar, tumorlar, sandiqchalar va eshik hal­qa­lari yasashda ishlatilgan. O‘rta asrlarga kelib, mis buyumlari sopol buyum­larni turmush xo‘jaligida ishlatishdan asta-sekin siqib chi­qargan. Shu bois, mis konlari keng miqyosda kovlanib, rudalar boyi­tilib, eritib olina boshlangan.



Download 159.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling