Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi
Download 159.49 Kb.
|
metallurgiya
1.2. Ko‘hna Iloqda mis ma’danchiligi
Olimlar O‘rta Osiyodagi konlardan foydalanish eneolit davrining quyi bosqichlaridan boshlangan, deb taxmin qiladilar. Bronza davri bilan antik davrlarda mis buyumlari hamda mis tangalariga bo‘lgan talab bu ma’danni ko‘p miqdorda topish va uni eritishga asosiy sabab bo‘lgan. Mis konlari va metall eritish o‘choqlari O‘rta Osiyoda ko‘plab topilgan. Bular Navkat, Lyankan, Tuyamo‘yin, Farg‘ona, Sharqiy va Janubiy Qoramozor, Adrasmon, Konsoy, Choruxdayron va boshqalardir. Olmaliq mavzesida Oltintopkan, Uchqatli, Miskon, Qalmoqqir, Sariqcho‘qqi, Sarlog‘on, Oqtosh va boshqa katta-kichik ma’danli makonlarni sanab o‘tish mumkin. Shimoliy Qoramozor konlari, Chirchiqning yuqori qismidagi konlar, Govurdoq mis qumtoshlari Turkmanistonda va Ko‘hitang kon havzalari, Zarabuloq va Ziyovuddin tog‘laridagi mis konlari – “To‘rt miskon” va “Katta Miskon” konlari shular jumlasidandir. Nurota tog‘laridagi konlar ham O‘rta Osiyoning yirik konlaridan biri hisoblangan [5]. Shosh va Iloq konlari o‘rta asrlarda Movarounnahr hududidagi davlatlarning asosiy konlari bo‘lgan. Shu boisdan, bu o‘lkada qadimgi kon va metall eritish manzillari ko‘plab topilgan hamda o‘rganilgan. 1913-yilda Chaqmoqsoy–Chotqolsoyning irmog‘i bo‘yida mis-toshqol uyumlari topilganligi arxeologlar tomonidan qayd etilgan. Chotqol irmog‘i bo‘lmish Qoraqumda oltin, mis, kumush qazib olingan kon izlari aniqlangan. Alam dovonida ham toshqol uyumi ko‘plab to‘planib qolgan. Chotqolning so‘l irmog‘i kon yaylovlarida qadimgi konchilik izlari mavjud. Chotqolning Mingtuxum irmog‘ida ham qadimiy toshqollar o‘rni aniqlangan. 1934-yilda Chotqolning so‘l irmog‘i Oqbuloq bo‘yida toshqollar uyumi aniqlangan. 1912-yilda O‘lchamdaryo qirg‘og‘ida, Xumson qishlog‘idan 20 km yuqorida mis toshqollari topilgan. O‘lcham bo‘ylab Xo‘jand qishlog‘idan 1,3 km va Qariqulsoy bo‘yida mis ma’dan boyitish manzili topilgan. Uning umumiy maydoni 100x100 m. Undan yuqorida esa kon o‘yiqlari belgilangan. Toshkent viloyati Parkent tumaniga qarashli Nevich qishlog‘ida 2 gektarga yaqin joy ma’dan eritish toshqollari bilan yastanib yotibdi. Bu joy polimetall ma’dan eritish toshqollarining manzili, deya taxmin qilinmoqda. Shovg‘ozsoy, Ohangaron daryosining so‘l irmoqlarining yuqori qismida katta maydonda metall qoldig‘i topilgan va u deyarli to‘liq o‘rganilgan. O‘rg‘oz, Sovuqbuloq va Qizota soylari yuqorisida O‘rg‘oz-Qoratosh (Ohangaron tumani Olmaliq jamoa xo‘jaligi hududida) qal’asi qoldig‘i bahaybat devor shaklida saqlangan. Bu qal’a atrofidagi olti joyda kon o‘yiqlari aniqlangan. O‘rg‘ozsoy toshqollari, asosan, temir, mis va qo‘rg‘oshin eritib olinganidan darak beradi. Miskon tog‘i yonbag‘ridagi Qoratepadan ham bir qancha kon o‘yiqlari mavjudligi geologlar tomonidan o‘rganilgan. Yu. F. Buryakovning yozishicha, kon yerosti xandaqlari kengligi 1–3 metr va balandligi 0,9–1 metr bo‘lgan. Bu joylardan O. P. Madji tomonidan alohida mis tangalari yig‘ib olingan. U Farg‘onada 1010-yilda Nasrbek Ali tomonidan zarb qilinganligini aniqlagan. Tunkent (Iloq viloyati) shahar xarobalarida, B.N.Nasledovning hisobiga ko‘ra, 150000 tonna toshqol tepaliklari saqlanib qolgan. Bu joyda ulkan shahar bo‘lib, u butkul Ohangaron viloyatini o‘z ichiga olgan Iloq davlati poytaxti edi, II asrdan to XII asrga qadar ravnaq topgan. Tom ma’noda bu shahar o‘rta asrlardagi ma’danshunoslar shahridir. 1.4-rasmda Qadimiy Iloq mamlakatining poytaxti Tunkent shahrining umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Download 159.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling