Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti kimyo-metallurgiya fakulteti iqtisodiyot va menejment kafedrasi


-rasm. Qadimiy Iloq mamlakatining poytaxti


Download 159.49 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi159.49 Kb.
#1545378
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
metallurgiya

1.4-rasm. Qadimiy Iloq mamlakatining poytaxti ma’danchilar shahri Tunkent shahrining umumiy ko‘rinishi. Unda ichki shahar shahriston, tashqi shahar raboddagi ma’danchilik o‘choqlari aks ettirilgan. Shahris­ton­ning ayrim devorlari XXI asrga qadar saqlanib qolgan. Orqasidagi tog‘ hozirgi Chotqol tizmasi yon atroflaridir.

Shahar shimol va g‘arbdan Otchopar hamda Sovuqbuloq soylari, shi­moli-sharqda Ohangaron daryo o‘zani bilan va g‘arbda maxsus qilcha de­vor va Xotunariq nomli kanal bilan o‘ralgan. Qariyalarning rivoyat qilish­laricha, bu shahardagi barcha toshlar ham tog‘lardan keltirilmagan. Balki shahar bir necha bora toshotar manjanaqlardan toshbo‘ron qilin­gan.


Qadimiy kitoblar – “Hazrat Ali haqida hikoyalar” hamda “Zaynol arab va Zufunon hikoyalari” talqinlariga ko‘ra, shahar zardushtiy–otash­parastlar dinida bo‘lgan. O‘ta rivojlangan, unchalik katta joyni egal­la­magan, aholisi jihatdan ancha kichik bo‘lgan Tunkent ahli hech qanday din­ni tan olmasdan, kecha-kunduz rangli va qimmat­baho metallarni eri­tish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Imom Husaynga otasi hazrat Ali lashkarlari Tunkentga yurish qilishi kerak ekanligini, u yer­da kofirlar juda boy yashashini, mis, oltin, ku­mush­ga boy konlari bor­li­gini uqtiradi. Solnoma­chilarning yozishicha, uzoq urushdan so‘ng ma’dan­­chilar shahri Tunkent toshbo‘ron qilinib, bosib olinadi va is­lom dini joriy etiladi.
Biroq bu urush zamirida ko‘proq boylik, tilla va mis ma’danlarini qo‘lga kiritish maqsadi bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Bu VII–VIII asrlarda amalga oshgan. 1.5 va 1.6-rasmlarda qadimda rudalarni yerosti va ochiq usulda qazib olish, maydalab navlarga ajratish tasvirlangan.


1.5-rasm. Yer ostidan foydali qazilmalarni qazib olish.

Tarixdan shu narsa ma’lumki, Shosh–Iloq IV–VI asrlarda Turk xo­qon­ligi, X asrda somoniylar, XI asrda esa goh somoniy, goh qoraxoniylar hukmi osti­da bo‘lgan. XII asrga kelib, shahar iqtisodiy jihatdan zaif­lashgan. Bu yerga turli qabilalar hujumi doimo xavf solib turgan.


XIII asrga kelib Chingizxon istilosi uni butunlay vayron qi­lib yubordi. Rivoyat qilishlaricha, Chingizxon askarlari uch oy davomida shaharga kela­digan suv ariqlari va oziq-ovqat yo‘lini berkitib, qamal qilib turgan. Ammo uch oy mobaynida ham shaharda oziq-ovqat va suv tanqisligi kuzatilmagan hamda aholi taslim bo‘lmagan.





Download 159.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling