Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan


Mustahkamlash inshooti haqida tushuncha


Download 36.22 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi36.22 Kb.
#1231332
1   2   3
Mustahkamlash inshooti haqida tushuncha
Kon lahimlarini mustahkamlash uchun quyidagi arralangan yog‘ochlar qo‘llaniladi: arralangan taxta – bo‘ylama o‘q uzunasiga o‘rtasidan arralangan ustun. Arralangan taxta va yassi taxtacha asosan vaqtinchalik krepda yuqori to‘sin va shurflarni mustahkamlash sifatida, shuningdek, yon yoqlarni tortib bog‘lashda va lahim shipida qo‘llaniladi. To‘sinlar – qalinligi eniga teng yoki enining yarmidan ortig‘iga teng bo‘lgan arralangan materialllar.Agar qalinligi va eni 10sm va undan kam bo‘lsa, u to‘sincha deyiladi. To‘sin tomonlari kant (hoshiya) deyiladi. To‘sinlar ba’zan qidiruv shaxtalarida uncha chuqur bo‘lmagan stvollarni mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. To‘rt kanatli va ikki kanatli to‘sinlar mavjud, oxirgisida faqat ikki tomoni arralangan bo‘ladi. To‘sinlar uzunligi 1m dan 6,5 m gacha o‘zgarib turadi, kesimi – 13X13 dan 25X25 sm gacha. Ikki kanatli to‘sinlar shurflarni mustahkamlash va ruda shpallarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Taxtalar – kengligi qalinligining ikki hissasidan katta arralangan materiallar. Taxtalar kesilmagan, ya’ni yon qirralari arralanmagan, kesilgan, ya’ni to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘lishi mumkin.Taxtalar shiplarni va lahim yon yoqlarini tortib bog‘lashda, ko‘tarmalarda yurish bo‘limlarini berkitish uchun va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Obapol - cheti bo‘rtiq taxtalarga - tashqi yuzasi arralanmagan va uzunligining yarmidan arralangan, va - taxtachalarga – tashqi yuzasi obapol uzunligining yarmidan ko‘pigacha arralanganga bo‘linadi.
YOg‘och mustahkamligi (qarshiligi, qisilishi, tortib bog‘lanishi, egilishi) daraxt turiga, namligiga, tuzilishiga, xarakteriga, yo‘nalishiga va kuch sarflashiga bog‘liq (2 –jadval). 2-jadval

Daraxt turi

Zichligi, g/sm3

Mustahkamlik chegarasi, MPa

Tola bo‘ylamasida siqilishi

Statistik egilishda

Tola bo‘ylamasida tortib bog‘lanishi

YOrilishda

radial

tangensial

Sosna

0,53

44

79

115

7

7,5

Archa

0,46

42

77,5

122

5

5

Tilog‘och

0,68

51,5

97

129

11,5

12,5

(sibir-
) pixtasi

0,39

33

58,5

-

6

6,5

Kedr

0,44

35

64,5

78

5,5

6

Jadvalda yog‘ochning 15% namlikda fizik – mexanik xossalari ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymati ko‘rsatilgan.
Aylana materiallardan yog‘och (sosna)ning hisoblangan qarshiligi egilishda 16 MPa ga, aylana bo‘lmagan elementlar uchun - 13 MPa. ga teng.
Mustahkamlovchi yog‘ochlar chirishdan antiseptika bilan - shimdirilib va surtilib himoya qilinadi. Antiseptika kishilar uchun xavfli bo‘lmasligi, shimdirilgan yog‘och bilan ishqorlanmasligi, yuvganda hid va zararli gazlar bo‘lmasligi, yonib ketishga moyil bo‘lmasligi, yonganda esa zararli gaz va quyuq tutun ajratmasligi lozim. Daraxtni zamburug‘lashdan (chirishdan) himoyalash uchun uni yog‘ochga tez singadigan, yonmaydigan va hidsiz 2 – 4%li ftorit natriy eritmasi bilan shimdirish lozim. Xlorli rux ham xuddi ftorit natriy xossalariga ega, ammo suv bo‘lganda osongina ishqorlanadi.
Kremneftorli natriyni qaynoq eritma vaqtida daraxtga shimdirish mumkin, sovigan eritmasi yog‘ochga yaxshi singmaydi. Daraxtga yong‘indan himoyalanish xususiyati paydo qilish uchun, krepni yong‘indan himoyalanish tarkibi bilan shimdiriladi: Petrovning fosfatli ammoniy yoki fosfatli va oltingugurtli ammoniy aralashmasining kerosinli kontakti bilan. Oxirgi aralashma nam tortmaydi, yog‘och mustahkamligini pasaytirmaydi. Daraxtni chirishdan saqlash uchun yong‘indan himoyalanish aralashmasiga ftorit natriy va boshqa antiseptikalar qo‘shiladi.
3. Suv bilan aralashtirib qotirilgan yoki qotiruvchi aralashtirilgandan so‘nggi tabiiy va sun’iy materiallar plastik qorishma hosil qiladi, asta-sekin qotuvchi va bir butun toshli materiallarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi materiallar bog‘lovchi materiallar (yoki oddiy qilib bog‘lovchilar) deyiladi. Kon krepini mustahkamlashda eng ko‘p tarqalgan bog‘lovchi bu sementdir.Sementni suv bilan aralashtirganda sementli qorishma hosil bo‘ladi. Sementli qorishma qota boshlagandan so‘ng, qattiqlik davri boshlanadi va bu vaqtda sementli toshdan hosil bo‘lgan qattiqlik asta-skin o‘sib boradi. Qotishi uchun eng maqbul sharoit nam muhitda 15 dan 20°S. gacha darajadir. 5°S dan past bo‘lganda. qotish va qattiqlik tezligi pasayadi, 10 °S bo‘lganda esa qotish to‘xtaydi.
Konchilik ishida va qurilishda 300, 400, 500 va 600 markali porlandsement (silikatli sement) dan foydalanish keng tarqalgan. Sement markasi (MPa) siqilishda qattiqlik chegarasi bilan xarakterlanadi, qaysiki, 1:3 rastvor tarkibidan ( hajmi bo‘yicha bir qismi sement va uch qismi qum) tayyorlangan 30, 40, 50 va 60 namunalarga tegishli holda teng, suv-sement munosabati V : S=0,4 bo‘lganda. 40X40X X160 mm o‘lchamli namunalar 28 sutkadan so‘ng egilish va qisilishga sinaladi. Odatdagi porlandsementda qotishning boshlanishi 45 minutdan so‘ng va aralashtirilgan vaqtdan 12 soat so‘ng bo‘lishi lozim. Qotish muddatini qisqartirish uchun sementga 1,5—5% (massasiga qarab) xlori­d kalsiy qo‘shiladi. Hozirgi vaqtda tez qotadigan sement ishlab chiqarilmoqda.
Emiruvchi shaxtali suvlarda maxsus sementlar: loy tuproqli, toshqolli (shlakli) porlandsement qo‘llaniladi.
Mustahkamlovchi material sifatida ishlatiladigan eritmalar sement, qum va suvdan iborat bo‘lgan to‘g‘ri tanlangan aralashmalarni o‘z ichiga oladi. Eritmalar plastik holatda toshli joylashuvda, lahim devorlarini torkretirlashda, krep orqasidagi bo‘shliqni tamponlashda, tog‘ jinslarida metall sterjenlarni mahkamlashda, ankerli, temirbetonli kreplarda quvurlarni osishda qo‘llaniladi. Kichik hajmli ishlarda eritmani qo‘lda, katta hajmli ishlarda eritma aralashtirgichda tayyorlanadi. SHuningdek uzoq vaqt (suv bilan aralashtirguncha), maxsus o‘ralmasdan ham o‘z xossalarini saqlaydigan, ya’ni, ezilmasdan va faolligini yo‘qotmasdan saqlanadigan, namlanmaydigan qo‘shilmali quruq aralashmalar ham tayyorlanadi.
Polimer yoki plast eritmalar bog‘lovchidan, qotiruvchidan, to‘ldiruvchidan sekinlatuvchidan va plastifikatordan iborat. Plast eritmalar ankerli kreplarda qumlarni, yoriqli jinslarni mustahkamlash uchun ishlatiladi. To‘ldiruvchi sifatida qumni, bog‘lovchi sifatida sintetik smolalarni ishlatish mumkin. Smola turlariga bog‘liq holda, xlorid yoki shavel kislota, xlorid amoniy va boshqalar qotiruvchi sifatida xizmat qiladi. Geolog qidiruv ishlarida polimer eritmalar hali unchalik keng qo‘llanilmaydi. Ular ko‘ndalang kesim shurflarini mustahkamlashda tortib bog‘lash sifatida foydalaniladigan shishaplastik tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
4. Beton deb, qurilishda qo‘llaniladigan va bog‘lovchi moddalardan, qumdan, mayda shag‘aldan yoki suv bilan aralashtirilgandan so‘ng, yoki qotiruvchi aralashtirilgandan so‘nggi shag‘aldan hosil bo‘lgan aralashma qotishi natijasida olingan sun’iy toshli materialga aytiladi. Mayda shag‘al yoki shag‘al qattiqligi undan olinadigan beton qattiqligidan past bo‘lmasligi lozim. Sementli bog‘lovchilarda betonlar ko‘p qo‘llaniladi. Agar bog‘lovchi modda sifatida sintetik smola ishlatilsa, unda olingan beton plastbeton deyiladi.
Qum (mayda to‘ldiruvchi) va mayda shaqal yoki shag‘al (yirik to‘ldiruvchi) inetr qo‘shimchalar sanaladi, ular sementga ketadigan xarajatni kamaytirish bilan birga betonning yuqori mustahkamlik va zichlikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bog‘lovchilar, suv va qotiruvchi beton va plast betonning faol tarkiblari sanaladi.
Beton tarkibi massa munosabati bilan ifodalanadi: 1 : A : B ya’ni sementning bir qismiga qumning A qismi va mayda shag‘al yoki shag‘alning B qismi to‘g‘ri keladi. Mayda va yirik to‘ldiruvchilar loyqa, tuproqli va loyli aralashmalar bilan ifloslanmasligi lozim. Beton tayyorlashdan oldin ularni yuvish lozim. Mayda shag‘al 50-60 mm kattaligida, kvarsli qum 0,15 – 5 mm don o‘lchamida va organik aralashmalarsiz qo‘llaniladi. Beton aralashtirishdagi suv toza bo‘lishi va unda sementli tosh qattiqligiga ta’sir qiladigan erkin uglerod oksidi va boshqa moddalar bo‘lmasligi lozim.
Zichligiga ko‘ra betonlar og‘ir va engil betonlarga bo‘linadi. Kon krepi uchun asosan 2200 2300 kg/m3 zichlikka ega og‘ir betonlar ishlatiladi. 1 m3 beton aralashmasida sement xarajati bo‘yicha yog‘li (250 kg/m3 dan ortiq), o‘rtacha (200— 250 kg/m3) va yupqa (200 kg/m3 dan kam) betonlar farqlanadi. Kon krepi uchun yog‘li va o‘rtacha betonlar ishlatiladi.
Konsistensiyasiga ko‘ra, beton aralashmalar shunday farqlanadi: qattiq, plastik va quyma. Qattiq aralashmalarda quruq aralashma massasidan 6 – 6,5 % suv (130—170 l/m3) mavjud. Joylashtirishda ular titratish yoki shibbalashni talab qiladi. Plastik betonlarda 6,5—8% suv (1 m3 ga 170—230 l) mavjud va kuchsiz shibbalashda yaxshi joylashadi. 8—12% suvli (230 l/m3 dan ortiq) quyma betonlar erkin oqadi va qolipga quyiladi. Kon krepini tayyorlash uchun qattiq beton qo‘llaniladi. Plastik betonlar ko‘pincha temir betonli tuzilmalarni tiklashda, quymalari esa – beton quyish holatlarida qo‘llaniladi.
Betonli aralashmada suv massasining sement massasiga munosabati suv sement munosabati deyiladi – S/S. Qattiq betonlar uchun S/S=0,3-0,4.
Betonli kreplarni tayyorlash uchun qattiqligi 20 dan 50 MPa gacha bo‘lgan betonlar ishlatiladi. Beton qattiqligi sementga va suvsement munosabatiga S/S bog‘liq.Beton aralashma tarkibi laboratoriyada tanlanadi. Bunda shunday maqsad qo‘yiladi: sementni oz sarflab, qotgandan so‘ng, betonning talab qilingan qattiqligini ta’minlaydigan, joylashish uchun qulay bo‘lgan beton aralashmani olish.

Xulosa

Ma‘lumki, O‗zbekiston Respublikasi zaminida juda ko‘lab turdagi er osti boyliklari mavjud bo‘lib, bu boyliklarning ko‗pchiligi hali to‘liq razvedka qilinib ishga tushirilmagan. Bu boyliklar xalqimizning hayotini moddiy va ma‘naviy tomondan boyitishda, uning hayotini tobora yaxshilashda kata ahamiyatga ega. Bu konlarni qazib olishda, zamonaviy texnikalarni qo‗llash, energiya tejamkor texnologiyalarni foydalanish va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hayot darajasi va sivilizasiyaning o‘sishini ta‘minlaydi. Kon ishlari sanoat ishlab chiqarishning еtakchi tarmog‘i sifatida konlarni razvеdka qilish, ularni qazib chiqarish, qazib olingan хom ashyoni dastlabki qayta ishlash, konchilik korхonalari qurish va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yеr osti inshoatlarni barpo etish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.


Download 36.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling