Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mustaqil ish


Dvigatelning ruxsat etilgan yuklamasi


Download 220.1 Kb.
bet3/7
Sana11.11.2023
Hajmi220.1 Kb.
#1766665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bub44

Dvigatelning ruxsat etilgan yuklamasi shunday yuklama momentiga mos keladiki, bunda dvigatelni qizish xarorati ruxsat etilgan (joiz) qiymatdan ortmaydi. Tabiiy xarakteristikada ishlanganda, ushbu yuklama nominal momentga teng. Bunda dvigateldan nominal tok o‘tib, uning isishi normativda bo‘ladi.
Sunhiy xarakteristikalarda ishlanganda esa, dvigatelning qizishi asosan undan o‘tayotgan tok orqali aniqlanganligi uchun, ruxsat etilgan yuklama shunday bo‘ladiki, unda dvigatel toki nominalga teng va shuning uchun uning isishi xam normativda bo‘ladi.
Dvigatelni qizishi, shuningdek uni sovitish ish sharoitlariga xam bog‘liq bo‘lganligi uchun, ruxsat etilgan yuklamani baxolashda bu faktorni xam xisobga olish kerak.
2. Tok va momentni rostlash.
Moment, tok va o‘rin joyini rostlash
Elektr yuritmaning asosiy koordinati - uning tezligini rostlash bilan bir qatorda ko‘p xollarda dvigatel toki va momentini rostlash xam zarur bo‘ladi. Bunday zaruriyat ijro organi harakatining tezlashishi yoki sekinlashishini rostlash, dvigatel tok va momentni chegaralash va qayta ishlanayotgan materialning cho‘zilishini rostlash va boshqa xollarda vujudga keladi.
Tezlanishni rostlash. Ko‘plab ishchi mexanizmlarini, masalan liftlar, yuk ko‘tarish kranlari, eskalatorlar, konveyerlar va shu kabilarni ishga tushirish va to‘xtatish vazifalarini bajarishda tezlanishni va sekinlanishni kerakli talab darajasida ushlab turish lozim bo‘ladi.(14)dagi ifodaga mos ravishda, bu EYU tomonidan ijro organiga quyiladigan momentni (yoki kuchni) o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Dvigatel momentini o‘zgartirish o‘z navbatida dvigatel
tokini rostlash yordamida bajariladi.
Dvigatel toki va momentini chegaralash. Ko‘pchilik dvigatellar o‘zlarining normal ishlash shart-sharoitlari bo‘yicha tok va momentni chegaralashni talab qiladi.
O‘zgarmas tok dvigatellarini ishga tushirish paytida, ularning kollektor-cho‘tka uzelini normal ishlashini tapminlash, tokni qiymati nominal ko‘rsatkichdan 2-3 barobar ortiq bo‘lgan qiymatlarida chegaralanganda amalga oshiriladi. Tokni chegaralash, yuqori quvvatli o‘zgarmas va o‘zgaruvchi tok dvigatellarini ishga tushirish paytida xam zarur bo‘ladi, chunki bunday katta qiymatli ishga tushirish toklari manbadagi kuchlanishini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada kamayishiga sabab bo‘ladi.
EYU momentini chegaralash esa, ishchi mashinalarni yoki mexanizmlarni ijro organlari harakati to‘satdan to‘xtab qolganda (masalan, er kavlanganda, quduq parmalanganda, mexanik uzatma qisib qolinganda va x.k )- uskunaning sinishini oldini olish uchun kerak bo‘ladi. Momentni chegaralash shuningdek, o‘tish jarayonlarida kinematik zanjir elementlaridagi dinamik yuklamalarni kamaytirish uchun xam kerakdir.

Download 220.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling