Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti mustaqil ish


Avtomatlashtirilgan elektr yuritmada


Download 220,1 Kb.
bet5/7
Sana11.11.2023
Hajmi220,1 Kb.
#1766665
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bub44

Avtomatlashtirilgan elektr yuritmada (AEYU) boshqarish operatsiyasi, texnologik jarayon talablariga mos ravishda boshqarish tizimi tomonidan bajariladi. Operatorga faqat EYU da uning ishlashini boshi va oxirda ulash va o‘chirish, sozlash va uning ishlashi ustidan nazorat qilish funksiyalari yuklatiladi.
Avtomatlashtirilgan EYU lar o‘z navbatida yana ikki guruxga - ochiq va berk tizimlarga bo‘linadi.
Ochik boshqarish tizimlari tushunchasini izoxlab berish uchun 1-rasmga murojaat qilamiz. Rasmda quyidagi belgilashlar qabul qilingan: EYU - elektr yuritma; Xchik - EYU ning chiqish koordinatasi (faqat bir koordinata ko‘rsatilgan, misol uchun tezlik); Xt - topshiriq signali, (boshqaruvchi taosir), u Xchiq ning qiymatini aniqlaydi; Xtt - tashqi taosir. Oxirgi kattalik turli xalaqitlar, manba kuchlanishining tebranishi va avariya xolatlari bilan aniqlanadi. EYU ning yuklamasi xam asosiy tashqi taosir xisoblanadi. Kiritilgan tushunchalar, ochiq tizimni, tashqi taosirlarni Xtt o‘zgarishi (yuklama moment Ms) EYU ning chiqish koordinatasini, misol uchun uning tezligini o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan tizim sifatida aniqlash imkonini beradi.
Boshqacha so‘z bilan aytilganda, ochiq tizimda chiqish kattaliklari tashqi taosirdan muxofaza qilinmagan. Bu ochiq tizimlarning eng muxim kamchiligidir, shunga qaramay, ular o‘zlarining sodda tuzilgan sxemalariga ko‘ra, EYU larni ishga tushirish, revers va to‘xtatishni avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi.


1-rasm. Ochiq va berk elektr yuritmalarni tuzilish sxemasi
Berk tizimlarda, ochiq tizimlardan farqli ravishda, tashqi taosirini Xtt chiqish koordinatasiga Xchik taosiri qisman yoki to‘la bartaraf qilinadi. Bu og‘ish bo‘yicha rostlovchi (1, b-rasm) va tashqi taosirni qoplovchi (kompensatsiyalovchi, 3.1, v-rasm), shuningdek murakkab (kombinatsiyalashtirilgan) sistemalar (1, g-rasm) orqali erishiladi.

Download 220,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling