Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana05.10.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1692863
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)

 


13 
2-LABORATORIYA ISHI
TEODOLIT TUZILISHI VA UNING ASOSIY QISMLARINI O‘RGANISH. 
TEODOLITNI ISHCHI HOLATGA KELTIRISH 
Mashg‘ulotning maqsadi: Teodolit tuzilishini, uning asosiy qismlarini va u 
bilan ishlashni o‘rganish. 
2T30 teodoliti va uning qismlari. 
2T30 teodoliti topografik s’yomkada, injenerlik ishlarida gorizontal va 
vertikal burchaklarini 30" aniqlik bilan o‘lchashga mo‘ljallangan optik takroriy 
teodolit bo‘lib (2.1-rasm), qismlari va nomlari rasmda ko‘rsatilgan. 
Optik teodolitlar ham metall limbli teodolitlar kabi bo‘laklardan yasaladi, ular 
limbining shishadan yasalganligi, vern’er o‘rnida mikroskop ishlatishi bilan farq 
qiladi. O‘qlar va ularning munosabati 2.2-rasmga asoslanadi. 2T30 ning ko‘rish 
trubasi astronomik ichki fokuslanadigan bo‘lib, shtrixli mikroskopining sanoq olish 
aniqligi 1. 
Teodolit ustki qismi taglik 13 ga ajralmas qilib biriktirilgan, taglik esa uchta 
ko‘tarish vinti 15 yordamida metalldan ishlangan doiraviy maxsus disk ga ajralmas 
qilib o‘rnatilgan. Taglik markazida teodolitning asosiy qismi aylanadi, limb, alidada 
hamda vertikal doiralar yopiq qilib ishlangan. Alidadaning mahkamlash 3 va 
qaratish 4 vintlari yonma-yon qilib adilak 5 yoniga o‘rnatilgan. Asbob tsilindrik 
adilak 5 yordamida gorizontal vaziyatga keltiriladi; adilak tuzatish vinti 2 bilan 
tuzatiladi. Teodolitning ko‘rish trubasi ikkita taglik-kolonkadagi gorizontal o‘qda 
o‘rnatilgan bo‘lib, trubaning mahkamlash va qaratish vintlari bir kolonkada 
joylashgan. Qaratish vinti, hamma vaqt, mahkamlash vinti qotirilgach buralishi 
kerak. Trubaning ikki tomonida ikkita vizir 9 bo‘lib, bu vizir narsaga taxminan 
qaratib, uni aniqlab olish uchun xizmat qiladi. Vizirdan foydalanishda ko‘z
20-25 sm narida turishi kerak; nuqtaga vizirdagi krestning markazi qaratiladi. Truba 
ko‘zga dioptrik xalqa 10 yordamida, narsaga esa kremal’er vint 7 vositasida 
to‘g‘rilanadi. Truba okulyari yoniga mikroskop 11 o‘rnatilgan. Teodolit nuqtaga 
shovun yordamida yoki optikaviy usulda markazlashtiriladi. Shovun osish uchun 
ilgak qilingan, truba orqali optikaviy usulda markazlashtirish uchun kolonkalar 
o‘rtasida doiraviy maxsus tirqish bor, yerdagi nuqta ana shu tirqish orqali ko‘rinadi. 
Truba ikki tomoni (ob’yektiv va okulyar) bilan zenit orqali aylanadi. 
Teodolit tagligi o‘rnatilgan disk asbob joylanadigan qalpoqsimon metall 
g‘ilofning tagi vazifasini ham o‘taydi. Diskning ikki tomonida teshikli moslama  
bo‘lib, unga teodolit g‘ilofidagi ikkita ilgak ilinadi, shunda g‘ilof (qalpoq) mahkam 
turadi. 


14 
Shtativ. Shtativ metalldan, oyoqlari yig‘iladigan qilib ishlangan. Teodolit 
shtativ ustiga disk orqali qo‘yilgach, turg‘izish vinti bilan mahkamlanadi; buning 
ichidan chiqqan ilgakga shovun osiladi. Ishdan keyin shtativ oyoqlari yig‘ilib, 
tasmasi bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir oyog‘ida shovunni saqlash uchun moslama 
(qalpoqli chuqurcha) ishlangan. 
2.1. – rasm. Teodolit 2Т30: 1 
doiraviy disk;
2,22 – tsilindrsimon adilakni 
to‘g‘rilovchi vint; 3, 4 – alidadaninig mahkamlash va qaratish vintlari; 5 – 
tsilindrsimon adilak; 6 – ko‘rish trubasini qaratish vinti; 7 – kremal’er vint; 8 – ko‘rish 
trubasini mahkamlash vinti; 9 – vizir; 10 – ko‘rish trubasining okulyari; 11 –sanoq 
olish mikroskopining okulyari; 12 – kolonka; 13 – taglik; 14,20 – limbning mahkamlash 
vinti; 15 – ko‘tarish vinti.

Okulyar nasadkasi. Qiyalik burchagi 45° va undan ortiq bo‘lgan nuqtalarga 
qarash va o‘rnatgan nuqtaga markazlash uchun ishlatiladigan maxsus nasadkalar 
bo‘lib, ular okulyar va mikroskop okulyariga kiygiziladi. Unda ko‘rish o‘qi yo‘lini 
o‘zgartiruvchi prizmadan yasalgan yorug‘lik fil’tri bo‘lganidan u bilan quyoshga 
qarash mumkin. 
Oriyentirlash bussoli. Teodolit bir kolonkasining tepa tomonida vertikal doira 
tashqarisida maxsus o‘yilgan joy bo‘ladi, unga moslangan ensiz bussol vint 
yordamida kerak vaqtda o‘rnatiladi va oriyentirlash bussoli deyiladi. 

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling