Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


-rasm. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar sistemasi


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana05.10.2023
Hajmi3.43 Mb.
#1692863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)

1.4-rasm. Yer yuzasidagi geografik koordinatalar sistemasi. 
Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi nuqtaning tekislikdagi o‘rnini 
qabul qilingan koordinata boshiga nisbatan chiziqli kattaliklar bilan aniqlaydi. 
Bunda koordinata boshi deb ikkita o‘zaro perpendikulyar X va Y koordinata o‘qlari 
kesishish nuqtalari qabul qilinadi. 



1.5-rasm. Kartalarda yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi. 
 
Topografiyada har bir 6 gradusli zona o‘zining to‘g‘ri burchakli koordinatalar 
sistemasiga ega. X o‘qi – zonaning o‘qiy meridiani, Y o‘qi esa ekvator, o‘qiy 
meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi – koordinata boshi. 
Yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi zonaviy hisoblanadi. U har bir 
olti gradusli zona uchun alohida o‘rnatiladi, bunda yer yuzasi kartalarda emas Gauus 
proyeksiyasida tasvirlanadi va bu yer yuzasidagi tasvir o‘rnini shu proyeksiyada 
tekislikda (kartada) ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 
O‘qiy meridianning ekvator bilan kesishish nuqtasi koordinata boshi 
hisoblanadi. Zonaning qolgan barcha nuqtalari o‘rni koordinata boshiga nisbatan 
uzunlik o‘lchovlari bilan aniqlaniladi. Zonaning koordinata boshi va uning 
koordinata o‘qlari yer yuzasida qat’iy belgilangan o‘rnini egallaydi. Shuning uchun 
har bir zonaning yassi to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi qolgan barcha 
zonalar koordinatalar sistemasi bilan bo‘lgani singari geografik koordinatalar 
sistemasi bilan ham bog‘liq.
1. 
Ob’yektlarning geografik koordinatalarini aniqlash va ma’lum 
koordinatalar bo‘yicha ob’yektlarni kartaga tushirish. 
Kartadagi nuqtaning geografik koordinatalari unga yaqin bo‘lgan kengligi va 
uzoqligi ma’lum bo‘lgan parallel va meridianlar orqali aniqlaniladi. Topografik 
karta ramkasi minutlarga bo‘lingan, minutlar ham 10 sekunddan bo‘laklarga 
bo‘lingan. Ramkaning ikkala yon tomonlarida kengliklar, shimoliy va janubiy 
tomonlarida esa uzoqliklar ifodalangan. 




Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling