Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “KONCHILIK ISHI” KAFEDRASI «GEODEZIYA» FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KONCHILIK FAKULTETI “KONCHILIK ISHI” KAFEDRASI «GEODEZIYA» FANIDAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA NAVOIY-2022 2 «Geodeziya» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma: - Navoiy, 2022 y. «Geodeziya» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma 60721500 - «Konchilik ishi» (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari bakalavrlar tayyorlashning zaruriy tarkibi va darajasiga va «Geodeziya» fanining o‘quv dasturiga asosan tayyorlangan. Uslubiy ko‘rsatma “Konchilik ishi” kafedrasi yig‘ilishida (26.08.2022 yil №1 -sоn bаyonnоmа) muhоkаmа etildi vа fаkultеtning oʻquv-uslubiy kеngаshigа tаvsiya etildi. Uslubiy ko‘rsatma Konchilik fаkultеtining kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (27.08.2022 yil №1 -sоn bаyonnоmа). Uslubiy ko‘rsatma NDKTU oʻquv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (29.08.2022 yil №1 -sоn bаyonnоmа). Tuzuvchilar: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «Konchilik ishi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Tadjiyev SH.T. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «Konchilik ishi» kafedrasi katta o‘qituvchisi Qobilov O.S. Taqrizchilar: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti «Konchilik ishi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori Tuxtashev A.B. NKMK AJ boshqarmasi marksheyderlik xizmati muxandisi Muxammadov M.N. 3 KIRISH Laboratoriya ishlarini o‘tkazishdan maqsad – talabalarga topografik karta va planlar bilan ishlashni, geodezik tasvirga olish ishlarini va ularda ishlatiladigan asboblar va qurollar bilan ishlashni o‘rgatishdir. Har laboratoriya ishini bajarishdan oldin talaba ushbu qo‘llanmada mavjud tegishli laboratoriya ishi materiali bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi va nazariy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlari o‘qituvchi va laborant rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Laboratoriya ishlarini talaba o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil ravishda bajaradi va A4 formatdagi yozuv varaqlarida rasmiylashtiradi. Ushbu varaqlarda ish nomi, ishni bajaruvchi talaba familiyasi, ismi, sharifi va guruh nomi ko‘rsatiladi. Laboratoriya ishini bajarish mobaynida ishni bajarish uchun qo‘llaniladigan asbob va qurollar bilan tanishishi zarur. Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng talaba olingan asbob va qurollarni laborantga topshirishi, bajarilgan ish natijalarini o‘qituvchiga taqdim etishi shart. 4 Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling