Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
3.3-rasm.
Bu usuldan triangulyatsiya ishida ko‘p foydalaniladi. Masalan, O nuqtadan (3.3- rasm) chiqqan OA, OB, OC va OD yo‘nalishlar orasidagi burchaklarni o‘lchash kerak bo‘lsa, quyidagicha qilinadi. Teodolit T30 ni DO‘ holatida O nuqtaga o‘rnatib, ish vaziyatiga keltirgach, I vern’er 0° ga yaqin sanokda qo‘yiladi-da, alidada mahkamlanadi; limb aylantirilib, bosh nuqta A ga qaratiladi-da, mahkamlanadi. So‘ngra alidada bo‘shatilib, truba soat strelkasi yuradigan tomonga birin-ketin B, C, D va A nuqtalarga qaratiladi va mikroskopdan sanoq olib, jurnalga yoziladi. A nuqtaga qarab, dastlab va oxirda olingan sanoqlarning bir xil bo‘lishi limb holati o‘zgarmasligini ko‘rsatadi. Bu o‘lchash birinchi yarim priyom deyiladi. Keyin trubani zenit orqali aylantirib, DCH holatida yana bosh nuqta A ga qarab limb mahkamlanadi va sanoq olinadi. Keyin alidadani bo‘shatib uni soat strelkasi 27 yuradigan tomonga qarshi yo‘naltiriladi-da, D, C, B va A nuqtalarga qarab sanoq olinadi va jurnal grafasiga yoziladi. Bu bilan ikkinchi yarim priyom tugaydi. Ikki yarim priyom natijalarining o‘rtasi to‘la priyom deyiladi. Bunda butun doira bo‘ylab aylanilgani uchun u doiraviy priyom deb ataladi. DO‘ va DCH da olingan sanoqlap arifmetik o‘rtasi hisoblanadi. , , va burchaklarning qiymatlarini (3.1) formula yordamida, hap qaysi burchakning qiymatini o‘ng sanoqdan chap sanoqni ayirish yo‘li bilan topish mumkin. Amalda ko‘proq avval yo‘nalishlar sanog‘i hisoblanib, keyin keltirilgan yo‘nalish sanog‘i bilan kerakli burchak topiladi. 3. Takrorlash usuli. Bu usul takroriy teodolit bilan ishlashda qo‘llanilishi mumkin. Teodolit vern’eri va mikroskopidan sanoq olish xatosi trubani nuqtaga qaratish xatosidan bir necha baravar katta bo‘lganidan bu usul ko‘proq qaratib kamroq sanoq olishga asoslanadi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling