Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
-rasm. Teodolitni ishchi holatga keltirish tartibi
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-LABORATORIYA ISHI TEODOLIT YORDAMIDA BURCHAK O‘LCHASH. GORIZONTAL BURCHAK O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi
2.6-rasm. Teodolitni ishchi holatga keltirish tartibi
Nazorat savollari. 1. Teodolit nima uchun mo’ljallangan va qanday qismlardan tuzilgan? 2. Okulyar nasadkasi nima vazifani bajaradi? 3. Oriyentirlash bussoli qayerga o‘rnatiladi? 4. Teodolitni sinash va tekshirish nima uchun amalga oshiriladi? 5. Teodolit qanday gorizontal holatga keltiriladi? 6. Teodolit qanday shartlar asosida tekshiriladi? 23 3-LABORATORIYA ISHI TEODOLIT YORDAMIDA BURCHAK O‘LCHASH. GORIZONTAL BURCHAK O‘LCHASH Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga teodolit yordamida gorizontal burchak o‘lchash tartib qoidalarini o‘rgatish. Gorizontal burchak o‘lchash va usullari. Asbobni ish holatiga keltirish va narsaga qaratish. Teodolit sinalib, tekshirilib, tuzatilgach, u bilan joyda gorizontal burchakni o‘lchash uchun quyidagi ishlar qilinadi: 1) asbob nuqtaga markazlashtiriladi; 2) gorizontal holatga keltiriladi; 3) truba kuzatishga tayyorlanadi. Teodolit shovun yoki optik moslama yordamida markazlashtiriladi. Shovun bilan ishlaganda asbob shtativga o‘rnatilib, turgizish vinti bilan mahkamlangach, shtativ O nuqta ustiga qo‘yiladi, shtativ boshi taxminan gorizontal holatga keltiriladi va shtativ oyoqlari yerga mahkam o‘rnatiladi. Bunda ko‘tarish vintlari rezbalar o‘rtasida turishi kerak. Keyin turg‘izish vinti ilgagiga shovunning ipi ilinib qaraladi. Agar shovunning uchi nuqta qozig‘i ustida turmasa, turg‘izish vinti bo‘shatilib, teodolit shtativ ustida shovun nuqta ustiga aniq kelguncha o‘ng-chapga suriladi. Shovun yukining uchi nuqta ustiga to‘g‘ri kelgach, asbob markazlashgan bo‘ladi, turg‘izish vinti mahkamlanadi. Optik markazlash ancha aniq, buning uchun avval yuqoridagidek shovun bilan ishlanadi; keyin shovunni olib qo‘yib, turgizish vintini bir oz bo‘shatib, asbob shtativ ustida bir oz suriladi-da, optik markazlash iplar to‘ri doirachasi nuqtaga to‘grilanadi, keyin turgizish vinti mahkamlanadi. Asbob limbi gorizontal holatga keltirilishi kerak; bu ish asbobni nivelirlash deyiladi. Trubani kuzatishga tayyorlashda kuzatuvchi trubani avval o‘z ko‘ziga to‘g‘rilashi kerak. Keyin trubani nuqtaga qaratish uchun limb mahkamlanib, alidada va truba bo‘shatiladi, truba ustidagi vizir orqali qarab truba narsaga to‘g‘rilanadi, kuzatiladigan narsa tasviri trubada ko‘ringach, truba va alidada mahkamlanadi. Narsa uzoqda bo‘lsa, kremalyer vint chapga, yaqinda bo‘lsa, o‘ngga buralib, truba fokuslanadi, ya’ni narsa tasviri ravshanlashtiriladi. Keyin truba va alidada qaratish vintlarini burab iplar, to‘rining markazi nuqtaga aniq qaratiladi. Gorizontal burchakni o‘lchashda nuqtalarda vizirlashni amalga oshirish uchun vexalar 24 o‘rnatiladi (3.1-rasm). Vexa yerga qadalganda vertikal bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun vexaga qaraganda to‘r markazi vexa tagiga qaratiladi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling