Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 3,43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2T30 teodoliti va uning qismlari.
13 2-LABORATORIYA ISHI TEODOLIT TUZILISHI VA UNING ASOSIY QISMLARINI O‘RGANISH. TEODOLITNI ISHCHI HOLATGA KELTIRISH Mashg‘ulotning maqsadi: Teodolit tuzilishini, uning asosiy qismlarini va u bilan ishlashni o‘rganish. 2T30 teodoliti va uning qismlari. 2T30 teodoliti topografik s’yomkada, injenerlik ishlarida gorizontal va vertikal burchaklarini 30" aniqlik bilan o‘lchashga mo‘ljallangan optik takroriy teodolit bo‘lib (2.1-rasm), qismlari va nomlari rasmda ko‘rsatilgan. Optik teodolitlar ham metall limbli teodolitlar kabi bo‘laklardan yasaladi, ular limbining shishadan yasalganligi, vern’er o‘rnida mikroskop ishlatishi bilan farq qiladi. O‘qlar va ularning munosabati 2.2-rasmga asoslanadi. 2T30 ning ko‘rish trubasi astronomik ichki fokuslanadigan bo‘lib, shtrixli mikroskopining sanoq olish aniqligi 1. Teodolit ustki qismi taglik 13 ga ajralmas qilib biriktirilgan, taglik esa uchta ko‘tarish vinti 15 yordamida metalldan ishlangan doiraviy maxsus disk 1 ga ajralmas qilib o‘rnatilgan. Taglik markazida teodolitning asosiy qismi aylanadi, limb, alidada hamda vertikal doiralar yopiq qilib ishlangan. Alidadaning mahkamlash 3 va qaratish 4 vintlari yonma-yon qilib adilak 5 yoniga o‘rnatilgan. Asbob tsilindrik adilak 5 yordamida gorizontal vaziyatga keltiriladi; adilak tuzatish vinti 2 bilan tuzatiladi. Teodolitning ko‘rish trubasi ikkita taglik-kolonkadagi gorizontal o‘qda o‘rnatilgan bo‘lib, trubaning mahkamlash va qaratish vintlari bir kolonkada joylashgan. Qaratish vinti, hamma vaqt, mahkamlash vinti qotirilgach buralishi kerak. Trubaning ikki tomonida ikkita vizir 9 bo‘lib, bu vizir narsaga taxminan qaratib, uni aniqlab olish uchun xizmat qiladi. Vizirdan foydalanishda ko‘z 20-25 sm narida turishi kerak; nuqtaga vizirdagi krestning markazi qaratiladi. Truba ko‘zga dioptrik xalqa 10 yordamida, narsaga esa kremal’er vint 7 vositasida to‘g‘rilanadi. Truba okulyari yoniga mikroskop 11 o‘rnatilgan. Teodolit nuqtaga shovun yordamida yoki optikaviy usulda markazlashtiriladi. Shovun osish uchun ilgak qilingan, truba orqali optikaviy usulda markazlashtirish uchun kolonkalar o‘rtasida doiraviy maxsus tirqish bor, yerdagi nuqta ana shu tirqish orqali ko‘rinadi. Truba ikki tomoni (ob’yektiv va okulyar) bilan zenit orqali aylanadi. Teodolit tagligi o‘rnatilgan disk asbob joylanadigan qalpoqsimon metall g‘ilofning tagi vazifasini ham o‘taydi. Diskning ikki tomonida teshikli moslama bo‘lib, unga teodolit g‘ilofidagi ikkita ilgak ilinadi, shunda g‘ilof (qalpoq) mahkam turadi. 14 Shtativ. Shtativ metalldan, oyoqlari yig‘iladigan qilib ishlangan. Teodolit shtativ ustiga disk orqali qo‘yilgach, turg‘izish vinti bilan mahkamlanadi; buning ichidan chiqqan ilgakga shovun osiladi. Ishdan keyin shtativ oyoqlari yig‘ilib, tasmasi bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bir oyog‘ida shovunni saqlash uchun moslama (qalpoqli chuqurcha) ishlangan. 2.1. – rasm. Teodolit 2Т30: 1 – doiraviy disk; 2,22 – tsilindrsimon adilakni to‘g‘rilovchi vint; 3, 4 – alidadaninig mahkamlash va qaratish vintlari; 5 – tsilindrsimon adilak; 6 – ko‘rish trubasini qaratish vinti; 7 – kremal’er vint; 8 – ko‘rish trubasini mahkamlash vinti; 9 – vizir; 10 – ko‘rish trubasining okulyari; 11 –sanoq olish mikroskopining okulyari; 12 – kolonka; 13 – taglik; 14,20 – limbning mahkamlash vinti; 15 – ko‘tarish vinti. Okulyar nasadkasi. Qiyalik burchagi 45° va undan ortiq bo‘lgan nuqtalarga qarash va o‘rnatgan nuqtaga markazlash uchun ishlatiladigan maxsus nasadkalar bo‘lib, ular okulyar va mikroskop okulyariga kiygiziladi. Unda ko‘rish o‘qi yo‘lini o‘zgartiruvchi prizmadan yasalgan yorug‘lik fil’tri bo‘lganidan u bilan quyoshga qarash mumkin. Oriyentirlash bussoli. Teodolit bir kolonkasining tepa tomonida vertikal doira tashqarisida maxsus o‘yilgan joy bo‘ladi, unga moslangan ensiz bussol vint yordamida kerak vaqtda o‘rnatiladi va oriyentirlash bussoli deyiladi. Download 3,43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling