Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
-rasm. Priyomlar usuli bilan gorizontal burchakni o‘lchash sxemasi
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
1-курс. КИ лаборатория 2-сем. (узб)
3.2-rasm. Priyomlar usuli bilan gorizontal burchakni o‘lchash sxemasi
Ko‘rish trubasini zenit orqali aylantirib, teodolit doira o‘ng DO‘ holatiga keltiriladi. Yuqorida keltirilgan ishlar tartibini takrorlagan holda yana o‘sha burchak qayta o‘lchanadi. Bu ikkinchi yarim priyom bo‘ladi. Gorizontal burchaklarni hisoblashdan avval, bitta nuqtaga DCH va DO‘ holatida qaraganda kollimasion xatolik qiymatlari yarim priyomda tekshiriladi (2T30M tipidagi teodolit uchun bu oraliq 1' dan oshmasligi kerak). Yo‘l bo‘yicha chap tomonda o‘lchanayotgan burchakning qiymati: DCH uchun β 1 = n o‘ -n ch ; DO‘ uchun β 2 = n o‘ -n ch . (3.1) Agar keyingi nuqta bo‘yicha sanoq avvalgi nuqta bo‘yicha sanoqdan kichik bo‘lsa, unga 360° qo‘shiladi. Gorizontal burchakni o‘lchash aniqligi quyidagi formula bilan tekshiriladi: β 1 - β 2 ≤ 2t (3.2) bu yerda t – teodolit bo‘yicha sanoq olish aniqligi (30"). Yarim priyomdagi burchak qiymatlari orasidagi farq 1' dan oshmasligi kerak. Teodolit yo‘li punktlarida ish olib borishda sharsimon adilakning pufakchasiga e’tibor berish kerak. Teodolitning ixtiyoriy holatida pufakcha nol-punktdan 2 bo‘lmadan ko‘p chekinmasligi kerak. Burchaklarni o‘lchash jurnalida gorizontal burchaklarni hisoblash teodolitni teodolit yo‘li punktidan olmasdan turib bajariladi. (4) shart bajarilmagan hollarda gorizontal burchak takroran o‘lchanadi. 26 3.1-jadval. Nuqta nomi DO‘ DCH Gorizontal doiradan olingan sanoqlar ° ʹ ʺ Yarim priyomdan olingan burchaklar ° ʹ ʺ Burchaklarning o‘rta qiymati ° ʹ ʺ turgan qaragan O A DCH 0° 04ʹ 30ʺ (1) 172° 44ʹ 00ʺ (3) 172° 44ʹ 30ʺ (7) B 172° 48ʹ 30ʺ (2) A DO‘ 180° 04ʹ 30ʺ (4) 172° 45ʹ 00ʺ (6) B 352° 49ʹ 30ʺ (5) Gorizontal burchakning oxirgi qiymati sifatida yarim priyomlarda hisoblangan burchaklarning o‘rta arifmetigi qabul qilinadi: β о’r =(β 1 + β 2 )/2 (5) Dala jurnalidagi burchak qiymatlari ruchkada bajariladi. Xato hisoblashlar yozuvlari ostiga bitta to‘g‘ri chiziq chiziladi, ustiga esa to‘g‘ri natija yozib qo‘yiladi. 2. Doiraviy priyom usuli. Agar bir nuqtada bir necha yo‘nalish orasidagi burchaklar o‘lchansa, bunda doiraviy priyom usuli qo‘llaniladi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling